Abdumumin Abdugopirovich YULDASHOV dotsent yuridik fanlar bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada intellektual mulk, aloqa va axborot sohasidagi qonun hujjatlarida mualliflik huquqi muhofazasi va himoyasi bilan bog‘liq xalqaro va milliy normalar hamda ularning mohiyati qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti “internet shartnomalari”ning ahamiyati va huquqiy muhofaza jarayonida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Bundan tashqari telekommunikatsiya tarmoqlaridagi qonunosti hujjatlarida asarlar va turdosh huquqlar ob’ektlaridan foydalanish bilan bog‘liq jarayonlarda mualliflik huquqi normalarini to‘laqonli qo‘llash bilan bog‘liq jihatlar tanqidiy tahlil qilingan hamda tegishli qonunchilikni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar va kelgusidagi huquqiy oqibatlar bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalar ilgari surilgan.
Tayanch so‘zlar: mualliflik huquqi, texnik chora-tadbirlar, BIMT, “internet shartnomalar”, telekommunikatsiya tarmog‘i, aloqa, axborot tizimi.