Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan VIII Butunjahon bolalar jarrohligi kongressi (WOFAPS-2025)da Samarqand davlat tibbiyot universitetining ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohligi klinikasi vrachlari ham ishtirok etdi.

Butunjahon bolalar jarrohlari assotsiatsiyalari federatsiyasi (WOFAPS) tomonidan Turkiya bolalar jarrohlari assotsiatsiyasi (TAPS) bilan hamkorlikda tashkil etilgan kongress sayyoramizning barcha qit’alardan malakali bolalar jarrohlari, yetakchi mutaxassislarni bir davrada birlashtirdi. Ular bugun yer yuzida resurslar cheklanib, turli xil kasallik va epidemiyalar ko‘payib borayotgan sharoitda yuzaga kelayotgan muammolarga birgalikda yechim topish, bolalar jarrohligida global hamkorlik va tajriba almashish har qachongidan ham muhimligini ta’kidladilar.

– Dunyodagi bolalar xirurgiyasi bo‘yicha nufuzli klinikalar vakillari, taniqli olimlar ishtirok etgan bu galgi kongresda bolalar jarrohligining laparoskopiya, neonatal jarrohlik, onkologiya, mikrojarrohlik yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab ma’ruzalar tinglandi, sohadagi so‘nggi yangiliklar va davolash usullari haqida taqdimotlar qilindi, – deydi Samarqand davlat tibbiyot universitetining ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohligi klinikasi bosh vrachi, professor Jamshid Shamsiyev. – Bunda kam invaziv texnologiyalardan tortib, neonatal jarrohlik, onkologiya va jarrohlik etikasigacha e’tibor qaratildi. Kongress davomida klinikamiz mutaxassislari bilan birga turli mavzular bo‘yicha oltita ma’ruza taqdim edik. O‘z chiqishlarimizda mamlakatimizda, jumladan, Samarqandda keyingi yillarda bolalar xirurgiyasi bo‘yicha erishilgan natijalar, xalqaro hamkorlik, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot berdik. Bizning chiqishlarimiz xorijlik hamkasblarimiz tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va o‘zaro hamkorlik qilish, tajriba almashishga kelishib oldik.  

Xalqaro forum sessiyalaridan biriga professor J.Shamsiyev rahbarlik qildi va bu uning tajribasi, professional obro‘si kongress tashkilotchilari tomonidan e’tirof etilishining yorqin ifodasi bo‘ldi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunjahon bolalar jarrohlari kongressidagi e’tirof