26 iyun — "Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni" 

Giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish, noqonuniy ishlab chiqarish va ularning savdosi insoniyat kelajagiga tahdid qiluvchi global muammolardan biridir. Noqonuniy giyohvandlik bozori uyushgan jinoyatchilik uchun katta daromad keltiradi va jahondagi jinoyatchilikdan ortirilgan daromadning taxminan beshdan bir qismini tashkil etadi.

Birlashgan millatlar tashkilotining Giyohvandlik va jinoyatchilik boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 300 millionga yaqin odam kokain, nasha, gallyutsinogenlar, opiatlar va tinchlantiruvchi gipnozlar kabi noqonuniy moddalarni iste’mol qiladi.

Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

1987 yilda Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi har yili 26 iyunni "Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni" sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Har yili o‘tkaziladigan tadbirlarga alohida nom beriladi.

2022 yilda dunyo Afg‘oniston, Ukraina va boshqa joylarda keng tarqalgan gumanitar inqirozlarga guvoh bo‘lmoqda, shu bilan birga, COVID-19 pandemiyasi hali ham global sog‘liqni saqlash inqirozi bo‘lib qolmoqda. Shu kabi sabablarga ko‘ra bu yilgi shior «Sog‘liqni saqlash va gumanitar inqirozlarda giyohvandlik muammolarini hal qilish» deb nomlandi.

Ushbu kun tarixiga nazar tashlasak, 1909 yil fevralda 13 ta davlatdan, shuningdek, Rossiyadan qatnashgan Shanhay qora dori bo‘yicha komissiya ishtirokchilari Osiyo mamlakatlaridan narkotik moddalarni tashib kelishni cheklab qo‘yish yo‘llarini qidirishdi. Mana, bir asrdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, huquqni himoya qilish organlari bu muammoni hal qilishga ojiz. Chunki narkomaniya butunjahon jamiyatining asosiy muammolaridan bo‘lib, hozirgi zamonamizga tahlika soluvchi mudhish voqealardan biridir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar orasida qayd etiladigan o‘limlarning 1,3 foizi giyohvandlik oqibatida yuz beradi. Bir yilda 211 mingta o‘lim aynan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadi.

Yevropada giyohvandlik oqibatida halok bo‘layotganlarning o‘rtachasi 35 yoshni tashkil qiladi. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, giyohvandlik oqibatida 1,6 million kishi OITSga mubtalo bo‘ladi. 7,2 million kishi esa gepatit C virusini yuqtirib oladi. 1,2 million kishi gepatit B virusiga chalinadi. Kannabis moddasi eng taqiqlangan, ammo keng tarqalgan giyohvand moddasi bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, BMT boshqarmasi asosan G‘arb mamlakatlarida marixuanadan foydalanish hollari tobora ortib borayotganidan xavotir bildirgan.

Og‘ufurushlar qurboni har kim bo‘lishi mumkin. Giyohvandlikka mubtalo bo‘lish nafaqat bir shaxsning muammosi, balki, ularning oilasi, jamiyat uchun ham katta tashvishdir.

"Asr vabosi" deb baholanayotgan «oq ajal» qanchadan-qancha insonlarning baxtiga zomin bo‘layotgani haqida o‘ylasak, yanada sergak tortamiz. Og‘uning "quli"ga aylanib qolayotgan zamondoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish barchamizning insoniylik burchimizdir.

Fotima Muborakova,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butun jahonni tahlikaga soluvchi va mudhish voqealarga sabab bo‘luvchi bir asrlik muammo...