FOTOREPORTAJ
Islom olamining buyuk allomasi, hadis ilmining sahihligini ta’minlagan ulug‘ muhaddis Imom Buxoriy hazratlari mangu qo‘nim topgan maskan bugun obod va ko‘rkam ziyoratgohga aylangan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019-yilda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida boshlangan keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari izchillik bilan amalga oshirilib, majmua buyuk allomaning islom olamidagi yuksak mavqeiga munosib qiyofa kasb etdi.
[gallery-28230]
Majmua Imom Buxoriy maqbarasi bilan birga 10 ming kishilik masjid, ma’muriyat binosi, muzey hamda kirish-chiqish ayvonlarini o‘z ichiga olgan yagona me’moriy ansambldan iborat. Shuningdek, ziyoratchilar uchun mehmonxonalar, avtoturargohlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari kabi barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Qisqacha aytganda, dunyoning turli burchaklaridan keluvchi ziyoratchilar uchun qulay va munosib muhit shakllantirilgan.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA