Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrining Xonqa ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi.

Bu yerda har biri 54 kvartirali to‘rtta 9 qavatli turar joy qurilmoqda. Monolit usulida, energiyatejamkor qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilmoqda. Xonadonlar tayyor holda topshiriladi. Yaqin oylarda bu yerga aholi ko‘chib kelib, hudud zamonaviy mavzelardan biriga aylanadi.

Davlatimiz rahbari uyning shourumini kirib ko‘rdi. Mebellar, muhandislik tarmoqlarining sifatiga e’tibor qaratdi. Ko‘p qavatli uylarga malakali xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shu yerda Xorazmda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari, xususan, Urganch shahridagi «Binary» xalqaro universiteti uchun yangi bino barpo etish, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, ko‘prik qurish, kommunal xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi