Ayollar o‘rtasida Oliy liga o‘yinlari nihoyasiga yetganligi, “Bunyodkor” oltin, “Sevinch” kumush va AGMK jamoasi bronza medallarini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor. Oltita jamoa ishtirok etgan O‘zbekiston kubogi bahslari ham yakuniga yetdi.

Aslida, yil boshida ishlab chiqilgan Reglamentga asosan ayollar o‘tkasidagi Kubok o‘yinlarida oliy liganing 12ta, birinchi liganing esa 8ta jamoasi o‘zaro bahslarga kirishishi, o‘yinlar finalga qadar uy-safar tizimida o‘tkazilishi belgilangandi. Biroq, butun dunyoda hukm surgan pandemiya balosi reja va qonunlarni o‘zgartirib yubordi. Barcha soxalarda bo‘lgani kabi futbolda ham iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelindi. Klublarning imkoniyatlaridan kelib chiqib esa Reglamentga ham o‘zgartirishlar kiritilishiga majbur bo‘lindi. Shundaylardan biri ayollar futbolidagi Kubok o‘yinlariga ham ta’sirini ko‘rsatdi.

Ayollar jamoalari imkoniyatlaridan kelib chiqib oltita jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi. “Qur’ani ko‘zi ko‘r bo‘ladi” deganlaridek, ikki yetakchi jamoa – “Bunyodkor” va “Sevinch” bitta guruhdan joy olishdi. Jamoalarning o‘zaro bahsida kuchlar teng keldi. Guruh g‘olibi taqdirini esa uchinchi jamoa – “Paxtakor” hal etdi. Qarshiliklar poytaxt jamoasi darvozasiga javobsiz uchta gol yo‘llashdi, poytaxt “derbisida” esa “qaldirg‘ochlar” ko‘proq gol evaziga raqiblarini mag‘lub etishdi. Shu tariqa finalga amaldagi kubok sohibi “Bunyodkor” chiqdi.

[gallery-321]

Ikkinchi guruhda “So‘g‘diyona”ning kuchliroq ekanligi hammaga ma’lum edi. Jizzaxliklar AGMKga ham, “Lokomotiv”ga ham hech qanday imkonyait qoldirmay final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Final o‘yiniga mezbonlik qilish masalasi ham qur’a yo‘li bilan hal bo‘lgandi. Oltita jamoaning markaziy stadionlari nomi yozilgan sharchalar ichidan tortib olingan sharchada “So‘g‘diyona” stadioni yozuvi bor edi. Shu tariqa final o‘yini finalchilarning biri maydonida o‘tadigan bo‘ldi. Bu esa turgan gapki, mezbonlarga qator qulayliklar yaratib berishidan darak edi.

“So‘g‘diyona” klubi mazkur o‘yinni yuqori saviyada o‘tishini ta’minlay oldi, g‘oliblarni taqdirlash marosimini ham ko‘tarinki ruhda tashkil etish uchun O‘zPFlning maxsus guruhi ham hoziru-nozir bo‘lishdi. O‘yin dastlabki daqiqalardan shiddatli tus oldi. Jamoalar bir-birlarini hali “razvedka” qilib ulgurishmasidan maydon egalari kutilmaganda xatoga yo‘l qo‘yishib, o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishdi. Aziza Norboyeva to‘pni tashqariga chiqarib yuborishni mo‘ljalladida, ammo mo‘ljalda adashdi. Uchrashuvning boshlanishi bo‘lgani uchun bu gol har ikkala tomonni ham ortiqcha tashvishlantirmayotani aniq edi. Biroq birinchi bo‘limning yarmidayoq mehmonlar tomonidan kiritilgan ikkinchi gol o‘yinning taqdirini hal qilgandek tasavvur uyg‘otdi muxlislarda. Marina Kosnikovaning chamasi 14-16 metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasi yo‘liga hech kim g‘ov bo‘la olmadi.

Ikkinchi bo‘limda “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Sherali Boboqulov o‘yinni kuchaytirish uchun yangi kuchlarni maydonga “tashladi”. Ammo Elmira G‘ulomova ham bunga qarshi kuchlarini “ishga soldi”. Yakunda shu hisob boshqa o‘zgarmadi.

Kubok sohibini taqdirlashdan oldin mamlakat chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan “So‘g‘diyona” jamoasiga bronza medallari topshirildi. Tadbir yakunida esa O‘zPFLning maxsus Kubogi “Bunyodkor” jamoasiga tantanali ravishda taqdim etildi.

Shu tariqa “Bunyodkor” 2020 yilgi mavsumni “dubl” bilan yakunladi. Amaldagi Kubok sohiblari bosh sovrinni qo‘ldan boy bermagan holda chempionat oltin medaliga ham sazovor bo‘lishdi.

Final uchrashuvi:

SO‘G‘DIYONA – BUNYODKOR - 0:2

Jizzax. "So‘g‘diyona" markaziy stadioni. 315 tomoshabin

Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Zilola Rahmatova, Xayriniso Erkinova, Edita Mirabidova

Gollar: Aziza Norboyeva (8-o‘z darv.), Marina Kosnikova (29)

“So‘g‘diyona”: Nozima Hasanova, Nasiba Xojiyeva (O‘g‘iloy Qo‘chqorova, 46), Nafisa Nabiqulova, Iroda Turdaliyeva, Albina Boboqulova (Lianna Narbekova, 59), Aziza Norboyeva (Zarina Mamatkarimova, 78), Yulduz Shodiyeva (Dinora Payziqulova, 61), Tanzilya Zarbiyeva, Xolida Dadaboyeva, Diyoraxon Xabibullayeva, E’zoza Sharipova.

“Bunyodkor”: Olga Kaxxorova, Kamola Risqiyeva, Lyudmila Karachik, Saida Galimova, Gulchehra Eshmamatova, Ziyoda Irisboyeva (Dilnoza Bektemirova, 65), Marina Kosnikova, Umida Zoirova, Feruza Turdiboyeva (Kristina Chunakova, 86), Nozimaxon Ergasheva (Nasiba Tursunova, 90+5), Luiza Sadirova.

Ogohlantirishlar: Xolida Dadaboyeva (79), Diyoraxon Habibullayeva (79) - Dilnoza Bektemirova (88), Nozimaxon Ergasheva (90+5).

Nazoratchi - Marat Ismoilov

Komissar - Oybek Yunusov.

Ayollar o‘rtasidagi O‘zbeksiton Kubogining barcha g‘oliblari:

2002 yil – “Andijanka” (Andijon)

2003 yil – “Andijanka” (Andijon)

2004 yil – “Andijanka” (Andijon)

2005 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2006 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2007 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2008 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2009 yil – “Andijanka” (Andijon)

2010 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2011 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2012 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2013 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2014 yil – “Metallurg” (Bekobod)

2015 yil – “Metallurg” (Bekobod)

2016 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2017 yil – “Metallurg” (Bekobod)

2018 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2019 yil – “Bunyodkor” (Toshkent).

2020 yil – “Bunyodkor” (Toshkent).

Oybek Yunusov, Muhammad Amin (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bunyodkor” “pandemiya” mavsumini “dubl” g‘alaba bilan yakunladi