Bunyod Hayitmahammadov Paraosiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi
Yaponiyada o‘tayotgan V Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 71 taga yetdi.
Para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida C1–C5 klasslarida vaqtga qarshi poyga bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu dasturda ishtirok etgan hamyurtimiz Bunyod Hayitmahammadov 25:39.46 natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 21 ta oltin, 27 ta kumush va 23 ta bronzaga yetdi. O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA