Bulung‘urlik eng yoshi ulug‘ onaxon saylovda ovoz berdi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Beshkuvi mahallasida yashovchi Ruxsat momo Rayimova 1913 yilda tug‘ilgan.
108 yoshli onaxon 241-saylov uchastkasida saylovchilar ro‘yxatida qayd etilgan. Ammo uchastkaga bora olmasligi sababli komissiya a’zolari Ruxsat momoning xonadoniga kelib, Prezident saylovida o‘z tanlovini amalga oshirishi uchun imkoniyat yaratdi.

Ruxsat momo kelini yordamida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlardan biriga ovoz berib, saylov byulletenini ko‘chma saylov qutisiga tashladi.
Ayni vaqtda 92 nafar nevara-chevaraning momosi bo‘lgan onaxon yurtimizdagi tinchlik barqaror bo‘lishi, xalqimiz farovonligini tilab duo qildi.
G‘.HASANOV, O‘zA