| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Bulung‘urda tadbirkorlar jamoatchilik kengashi ta’sis etildi

Shu paytgacha Samarqand viloyati hokimligi huzurida mavjud bo‘lgan tadbirkorlar jamoatchilik kengashi endi tumanlarda ham tashkil etilmoqda.
– Bunday kengashlar hududdagi tadbirkorlar boshini biriktirib, ularning o‘zaro hamkorlikda ishlashi, muammo va kamchiliklarga birgalikda yechim topish va, eng muhimi, endi faoliyat boshlayotgan kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, – deydi
viloyat tadbirkorlar jamoatchilik kengashi raisi Haydar O‘roqov. – Bulung‘ur hokimligi tumanda shunday kengash tuzish taklifini bergandi, biz buni qo‘llab-quvvatladik.
Kengashning dastlabki ta’sis yig‘ilishida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saralash va qadoqlash, umumiy ovqatlanish va savdo, savdo va logistika, qurilish, tibbiy va ta’lim xizmatlari, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘zlarining yo‘nalishi, mavjud imkoniyatlari hamda kelgusi rejalari haqida ma’lumot berdi.
Tuzilajak kengash oldidagi vazifalar qayd etildi.
Tumandagi “METIN GROUP IMPEKS” MCHJ ta’sischisi Ravshan Karimov Bulung‘ur tumani tadbirkorlar jamoatchilik kengashi raisi etib saylandi.
G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri
Muallif: golibhasanov




