bugungi qonun va farmonlar nimalarga xizmat qilmoqda? (+video)
2017 — 2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida bugungacha davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Prezidentining 300 ga yaqin qonuni hamda 4 mingdan ziyod qarorlari qabul qilindi.
Xususan, so‘nggi besh yillik islohotlar natijasida mamlakatda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur ijtimoiy-iqtisodiy asoslari yaratildi.
O‘zMU iqtisodiyot fakulteti, iqtisod fanlari doktori — Guljahon Mahmudova bu haqda kengroq to‘xtalib o‘tdi.
Videoda batafsil: ssыlka
P/S: Iqtisod fanlari doktorining fikriga ko‘ra, agar biz boshqaruvning raqamli va avtomatlashtirilgan tizimiga o‘tsak, birinchidan, bugungi kunda eng qimmat resurs hisoblangan insonlar vaqtini tejagan bo‘lamiz.
“Bugun O‘zbekistonda allaqachon bu tizimga o‘tilayotgani yaxshi samaralar bermoqda. Misol uchun, bugun bir qancha onlayn ilovalar orqali qator operatsiyalarni amalga oshiryapmiz. Kommunal to‘lovlari deymizmi yoki boshqa to‘lov tizimlarini oladigan bo‘lsak, hammasining vazifasi inson manfaatlariga qaratilgan. Ya’ni oxirgi paytlarda qabul qilinayotgan qonuniy, huquqiy-me’yoriy hujjatlarda har bir shaxs o‘zini topmoqda”, deydi yana u ,O‘zA muxbiri bilan suhbatda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/K2p0Xek8pW8" title="bugungi qonun va farmonlar nimalarga xizmat qilmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA