Bugungi kunda o‘zbek kinosi qanday yo‘nalishda rivojlanyapti? Nega ekranda milliy ruh, xalq obrazlari, urf-odatlarimiz kam aks etyapti?

Folklor — bu faqat doston va maqollarmi yoki millat xotirasining tirik ildizi? Aslida, xalq og‘zaki ijodiga nega bugun ko‘pchilik ijodkorlar tomonidan “eskilik sarqiti” sifatida qaralmoqda? Axir, hind, koreys, yapon, hatto, g‘arb filmlarida ham milliylik asosiy ustun bo‘lib xizmat qiladi. Biz esa bu xazinadan uzoqlashib ketayotgandekmiz.

Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti tadqiqotchisi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Omina Azizova bilan ana shular haqida fikr almashdik. 

— O‘zbekiston kinematografiyasida xalq og‘zaki ijodi – folklorning o‘rni, imkoniyatlari va istiqbollari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayapman, – deydi Omina Azizova. – Tadqiqotim davomida folklorning mohiyatini chuqur o‘rganar ekanman, bu sohaning kinematografiya bilan bog‘lanishida juda katta kuch, imkon va madaniy salohiyat yashiringanini angladim.

Folklor — bu xalq ijodi, xalq ruhining mahsuli, millatning genetik xotirasi. Unda ertak, maqol, masal, doston, topishmoq, lapar kabi boy madaniy qatlamlar mujassam. Bu nafaqat estetik meros, balki xalqni xalq, millatni millat qilib turuvchi asosiy ildizlardan biridir. 

Afsuski, O‘zbekistonda ayrim ijodkorlar, ba’zida hatto, adabiyotshunoslar ham uni “eskilik sarqiti” sifatida baholashadi. Bu xatodir. Chunki folklor har davrda o‘sha zamon nafasi bilan yashagan va yashamoqda. U hech qachon tarixning chang bosgan burchagida qolib ketmagan. 

— Nima sababdan yoki qanday omillar ta’sirida bugungi kinolarimiz folklordan uzoqlashib qoldi?

— Bugungi ijodkorlar folklor asosida film yaratishdan cho‘chiydi. Ular buning sababini shunday izohlashadi: "Zamonaviy yoshlar texnologiyalar, sun’iy intellekt, nanoasr g‘oyalari bilan yashayapti. Ular bunday mavzularga qiziqmaydi". Men bu fikrga qo‘shilmayman. Chunki kino – bu shunchaki hikoya emas, kuchli media quroli. U har qanday g‘oyani, mafkurani, qadriyatni tomoshabinga singdira oladigan quvvatga ega. 

Bugungi kunda efirga uzatilayotgan ayrim filmlarni san’at asari deb bo‘lmaydi. Ularni yaratuvchilarni esa afsuski, ijodkor deb atash qiyin. Chunki, kundalik seriallarda ko‘rsatilayotgan o‘zbek obrazlari asl hayotimizdan yiroq. Sababi, ayollar janjalkash, erkaklar mas’uliyatsiz, yoshlar esa molparast qilib tasvirlanmoqda. Bunday stereotiplar nafaqat xalq obrazini buzadi, balki madaniy genimizga putur yetkazadi. 

— Ilgarigi filmlar yoshlar ongida qanday milliylik obrazini shakllantirgan?

— Men talaba bo‘lgan yillar Shabnam filmi efirga uzatilgan. Juda ko‘p tanqidlar bo‘lganiga qaramay, aynan shu film ko‘plab yosh qizlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Qizlar do‘ppi kiyib, sochlarini mayda o‘rib, darsga kelishardi. Kinoning kuchi ana shunday ta’sir qilishda. Afsuski, hozirgi media mahsulotlari o‘zbek xalqini ko‘tarish o‘rniga, uni noto‘g‘ri, hatto, past obrazlarda ko‘rsatmoqda.

O‘zbek kinosi ovozli shaklda paydo bo‘lgan ilk yillarda aynan folklor asarlari asos qilib olingan. Misol uchun, “Tohir va Zuhra”, “Nasriddin Buxoroda”, “Nasriddinning sarguzashtlari” tomoshabin qalbiga umid baxsh etgan, ularni ruhlantirgan filmlar edi. 

— Ommaviy madaniyatning global tarqalishi qadriyatlarimiz hamda o‘zbek kinosiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

— Bugungi dunyoda “g‘oyalar urushi” ketmoqda. Ommaviy madaniyat global tus olib, mahalliy qadriyatlarni siqib chiqaryapti. Ammo aynan shu davrda ko‘plab kinoijodkorlar o‘z milliy ildizlariga – folklorga qaytyapti. Hindiston bunga yorqin misol. Ularning filmlarida doimo bayramlar, an’analar, xalq urf-odatlari aks ettiriladi. Natijada butun dunyo ularni ko‘rib, sevib tomosha qiladi. O‘zbekistonda ham bunga salohiyat yetarli. Qamara Kamolova, Zulfiqor Musoqov, Ibrohim Rasulov singari rejissyorlar o‘z asarlarida xalqning ruhini, qadriyatini juda nozik ifodalagan. Ularning filmlarida oila, qo‘shnichilik, hurmat, mehr bor. Bugungi ayrim rejissyorlarda esa Vatanga bo‘lgan muhabbat yetishmayapti. Seriallarni suratga olayotganlarning aksariyati hali 20 yoshga ham to‘lmagan avlod. Ular xalqning tabiatini emas, ko‘proq muammosini ekranga olib chiqyapti.

– Ayting-chi, kinoning asl vazifasi nima? Nega биз “Alpomish”ni zamonaviy tilda, zamonaviy kino texnologiyasi yordamida ekranlashtirmaymiz? Bunga arzirli sabablar bormi?

— Kinoning vazifasi — obraz orqali g‘oyani yetkazish. Misol uchun, Gollivud Qirol Artur haqidagi afsonani necha marotaba qayta-qayta, turlicha talqinda ekranlashtirdi. Bizda ham bu imkoniyat bor. Alpomishni Zulfiqor Musoqov bir uslubda, Jahongir Ahmedov boshqa uslubda, Muzaffar Erkinov o‘z talqinida suratga olishlari mumkin. Aslini saqlash – adabiyotshunoslar zimmasida, talqinni berish – kino san’atining vazifasi. Folklorga bevosita va bilvosita murojaat qilish mumkin. 

2024 yil davomida atigi 16 ta badiiy film suratga olindi. Afsuski, ularning birortasi ham folklor asosida ishlanmagan. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, romantik mavzulardagi filmlar bor. Ammo xalq ruhini tarannum etadigan asarlar yo‘q. Yoshlar aslida shunday filmlarni ko‘rishga muhtoj. Ular milliy qahramonlarga, asl qadriyatli obrazlarga chanqoq. Faqat bu talabga yarasha taklif yo‘q. 

Zamonaviy yoshlar texnologiyalar va global ommaviy madaniyat bilan yashayotgan bo‘lsa-da, folklor kabi muhim madaniy merosni unutmasliklari kerak. Folklorni yoshlar ongiga singdirishni eng maqbul yo‘li esa uni yangicha talqin qilish, kengaytirish va jonlantirishdir. O‘zbekistonning kino sanoatida bu yo‘nalish uchun katta salohiyat mavjud. 

Umuman olganda, O‘zbekistonda milliy ruhni saqlagan va uning kuchini ekranlarga olib chiqadigan kinolar yaratish uchun barcha zarur imkoniyatlar mavjud. Faqat uni to‘g‘ri yo‘naltirish va kino san’atining yangi talqinlari bilan birlashtirish muhimdir. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XzBBDM1tX40" title="Bugungi kinolarimiz folklordan uzoqlashib qoldimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, M.Ikromova, A.Sodiqov (video), U.To‘xtayev (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugungi kinolarimiz folklordan uzoqlashib qoldimi? (+video) 