Bugungi harakat – ertangi möl hosilning garovi
Namangan viloyati Norin tumanida 2027-yil hosiliga puxta zamin yaratiş maqsadida kuzgi dala işlari uyuşqoqlik bilan olib borilmoqda. Xususan, yer maydonlarini şudgorlaş, kuzgi ğalla parvarişi va qişloq xöjaligi texnikalarini mavsumga tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilayotir.
Dala işlariga jalb etilgan qişloq xöjaligi texnikalari yordamida yer maydonlari belgilangan agrotexnik talablar asosida şudgorlanyapti. Bunda iş sifatini taʼminlaş, tuproq unumdorligini saqlaş va yerning namlik zaxirasini oşirişga eʼtibor qaratilgan.
Mazkur agrotexnik tadbirlar kelgusi yilda qişloq xöjaligi ekinlaridan möl hosil oliş uçun qulay şaroit yaratişga xizmat qiladi.
Ayni paytda tumanda 4 ming 322 gektar maydonga kelgusi yil hosili uçun ekin ekilgan. Mavjud ğalla maydonlarida nihollarni parvarişlaş, öz vaqtida suğoriş, oziqlantiriş va boşqa zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş işlari davom etmoqda.
Şu bilan birga, fermer xöjaliklarida paxtaçilik mavsumida foydalaniladigan qişloq xöjaligi texnikalarini taʼmirlaş, sozlaş va navbatdagi mavsumga şay holatga keltiriş çoralari körilmoqda.
[gallery-32356]
Daladagi bugungi mehnat, öz vaqtida va sifatli bajarilayotgan agrotexnik tadbirlar kelgusi yil hosildorligini oşiriş, yer resurslaridan samarali foydalaniş va qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş hajmini köpaytirişga qaratilgan.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA