Bosma so‘zning o‘rni va ahamiyati bugungi kunda ham yuqori. Tahririyatlar o‘z faoliyati bilan bu qadriyatlarni asrab-avaylashga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy talablar va texnologiyalar bilan hamohanglikda ishlash, yosh avlodni tarbiyalash va yangi imkoniyatlarni yaratish bosma nashrlarning muhim yo‘nalishlaridan biri. Sohada olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda.

“Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri, “Shuhrat” medali sohibasi Shahribonu Imomova bilan bosma nashrlar taraqqiyoti va kelajagi haqida suhbatlashdik. 

Siz rahbarlik qilayotgan “Guliston” va “Teatr” jurnallari faoliyati qanday yangilik va o‘zgarishlar kutilmoqda?

– Avvalo, jurnallarimizning asosiy vazifasi madaniy sohada olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdir. Hozirda jurnallarimiz 3-4 ming nusxada nashr etilmoqda. Asosiy maqsadimiz o‘quvchilar chop etilayotgan materiallardan ko‘ngli to‘lishi.

Kelgusida oldimizda juda katta rejalar turibdi. Birinchi navbatda, birlashgan tahririyat xodimlari, ustozlar hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda yosh jurnalistlar uchun mahorat darslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapmiz. Bu orqali yosh kadrlarning malakasini oshirib, sohaning yanada rivojlanishiga zamin yaratmoqchimiz.

Shuningdek, “Guliston” va “Teatr” jurnallarimizni rus va ingliz tillarida ham nashr qilishni, auditoriyamizni kengaytirishni maqsad qilganmiz. Bu bizga xalqaro miqyosda ham o‘z ovozimizni yanada kuchaytirishga imkon beradi.

Umuman olganda, o‘quvchida mutolaa zavqini yuksaltirish, zamonaviy media talablari bilan hamnafas bo‘lish uchun tinmay mehnat qilyapmiz va oldimizda ulkan rejalar turibdi. 

– “Shuhrat” medali sizga qanday ishonch va mas’uliyat yuklaydi?

– Prezidentimiz farmonlari asosida “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lish menga bildirilgan katta ishonch, deb hisoblayman. Bu mukofot faqat o‘zim uchun emas, balki yosh kadrlar va butun soha uchun berilgan katta mas’uliyat belgisi hamdir. Davlat rahbari doimo yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, bu esa o‘zimizning bilim va salohiyatimizni yanada oshirish, soha rivojiga munosib hissa qo‘shishga kuchli turtki beradi.

Shuningdek, kamtarona xizmatlarimiz shu kabi yuksak bahoga sazovor bo‘lgani bizni yanada ruhlantiradi. Biz ushbu ishonchni oqlashga tayyormiz va kelajakda ham xizmatlarimiz bilan jamiyat oldidagi burchimizni ado etishga harakat qilamiz. Bu mukofot nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun jamoamizning mehnati va fidoyiligi natijasi deb bilaman.

– “Guliston” jurnalining yuz yillik yubileyini o‘tkazish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– “Guliston” jurnali 1925 yilda tashkil etilgan va shu yili yuz yoshga to‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning topshirig‘iga binoan, biz jurnalning yuz yilligi munosabati bilan maxsus kitob-albom tayyorlayapmiz. Ushbu kitobda jurnal qachon ochilganidan boshlab qanday ijod qilgani, kimlar faoliyat yuritgani, qaysi davrlarni boshdan kechirgani haqida batafsil ma’lumotlar jamlanadi. Shuningdek, jurnalning ilk sonlari arxiv va kutubxonalardan olingan manbalar asosida taqdim etilmoqda.

Bu juda muhim. Chunki oldingi 50, 70 yoki 80 yillik yubileylarda bunday kitob-albom tayyorlanmagan edi. Shu sababli, bu yil yuz yillik shodiyonani katta va munosib tarzda nishonlash bo‘yicha vazirlik tomonidan ham maxsus buyruqlar chiqdi. Albatta, bu kelajak avlod uchun ham muhim manba bo‘lib qoladi, deb o‘ylayman.

– Xulosa o‘rnida, san’at va madaniyat yo‘nalishidagi bosma nashrlarning ahamiyati, qanchalik zarurligi va kelajagini saqlab qolish uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalsangiz.

– Hozirgi kunda internet tezkorlik jihatidan juda muhim vosita bo‘lsa-da, gazeta va jurnallarning qadri doimo barqaror bo‘lib qoladi. Chunki yozma so‘z nafaqat bugungi kun uchun, balki tarixiy manba sifatida ham xizmat qiladi va kelajak avlod uchun bebaho meros hisoblanadi.

Misol uchun, biz bir asr oldin yozilgan gazetalarni arxivlardan olib o‘rganganmiz va ular orqali o‘sha davr tarixini ma’lum darajada anglab yetganmiz. Shu bois, kelajak avlod uchun bugungi gazeta va jurnallar ishonchli va mustahkam tarixiy manbalar sifatida xizmat qiladi.

Gazeta va jurnallar arxivda uzoq yillar saqlanib, kelajakda tarixni o‘rganish va hayotiy saboqlar olishda juda muhim vosita bo‘ladi. Shu bilan birga, bugungi kunda ham gazeta va jurnallarni raqamlashtirish, ularni internet orqali ham saqlash va ommaga taqdim etish ishlari olib borilmoqda. Bu ikki vosita – bosma matbuot va internet bir-birini to‘ldiradi va ma’lumotni saqlash hamda tarqatishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Shunday ekan, gazeta va jurnallarning qadri hech qachon pasaymaydi, ular bizga tarixiy xotira va bilimlarni yetkazishda hal qiluvchi o‘rin tutadi.

Dildora DO‘SMATOVA

suhbatlashdi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugungi bosma nashrlar – kelajak avlodning eng ishonchli manbasi