Poytaxtimizda davom etayotgan “UzChess Cup-2025” xalqaro turnirining 1-tur o‘yinlari ortda qoldi.
“Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Shamsiddin Vohidovni, Javohir Sindorov qora donalarda Yan Nepomnyashiy(FIDE)ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, turnirning o‘tgan yilgi g‘olibi Nodirbek Yoqubboyev oq donalarda hindistonlik Arjun Erigaysiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ushbu turda Aravindx Chitxambaram(Hindiston) Praggnanandxaa(Hindiston), Parxam Magsudlu(Eron) – Richard Rapport(Vengriya) o‘rtasidagi o‘yinlarda murosa yo‘li tanlandi.

“Challengers” guruhida o‘tgan 1-tur bahslarida Nikolas Teodorou(Germaniya) – Endryu Hong(AQSH) 0,5:0,5; Muhammadzohid Suyarov – Ma Sun(Xitoy) 0,5:0,5; Vitaliy Sivuk(Shvetsiya) – Vasiliy Ivanchuk(Ukraina) 1:0; Muhiddin Madaminov(O‘zbekiston) – Nijat Abasov(Ozarbayjon) 1:0; Gulruhbegim Tohirjonova(O‘zbekiston) – Jahongir Vohidov(O‘zbekiston) 0,5:0,5 natijalari qayd etildi.

“Futures” guruhida o‘tgan 6 ta o‘yinning 1 tasi g‘alaba, 4 tasi tenglik holatida poyoniga yetdi. Turkmanistonlik Saparmurat Atabayev oq donalarda ispaniyalik Alan Pichotni yenggan vaziyatda Yevgeniy Alekseyev(Isroil) – Saidakbar Saydaliyev(O‘zbekiston), Humoyun Bekmuratov(O‘zbekiston) – Ortiq Nig‘matov(O‘zbekiston), Klementiy Sichev(FIDE) – Boris Chatalbashev(Daniya), Robert Ruk(Vengriya) – Abdumalik Abdusalimov(O‘zbekiston) qarama-qarshiligidagi o‘yinlarda tomonlar 0,5 ochkodan bo‘lishib oldi.

Bugun, 20 iyun kuni mukofot jamg‘armasi 121 ming 500 AQSH dollaridan iborat turnirning 2-tur o‘yinlari kechagidan-da qiziqarli bo‘lishi har bir guruhdagi kuchlilar ro‘baro‘ kelayotganidan ham ko‘rish mumkin. Masalan, “Masters" guruhida Praggnanandxaa(Hindiston) – Shamsiddin Vohidov, Javohir Sindorov – Nodirbek Abdusattorov, Erigaysi – Magsudlu “duel”lari, “Challengers” guruhida Abasov – Tohirjonova va Ivanchuk – Muhiddinov o‘rtasidagi o‘yinlar mutaxassislar, muxlislar e’tiborida bo‘lishi shubhasiz.
Eslatib o‘tamiz, 9 ta turdan iborat turnir 27 iyunga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA