O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya – Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda tavallud topgan.

U 1934 yil Xotin-qizlar pedagogika bilim yurtini tugatgach, O‘zbekiston Fanlar qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga o‘qishga kirgan.

Shoira keyinchalik Yoshlar va o‘smirlar adabiyoti nashriyotida muharrir, O‘zbekiston davlat nashriyotida bo‘lim mudiri, „O‘zbekiston xotin-qizlari“ (hozirgi „Saodat“ jurnali) jurnalida bo‘lim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—1985) bo‘lib ishlagan.

Uning ilk she’ri 1931 yil „Ishchi“ gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot varaqalari“ she’rlar to‘plami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy“ (1934), „She’rlar“, „Qizlar qo‘shig‘i“ (1939) she’riy kitoblari e’lon qilingan. Zulfiy she’riy ijodining porlashi „Uni Farhod der edilar“ (1943), „Hijron kunlarida“ (1944) va „Hulkar“ (1947) to‘plamlari bilan bog‘liq.

Turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan to‘la she’rlar Zulfiya ijodida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yo‘qotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.

Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini o‘rganish va nashr etish ishiga bag‘ishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod“ dostoni asosida qo‘g‘irchoq teatri uchun „Semurg‘“ pesasi hamda „Zaynab va Omon“ operasi librettosini yozdi.

 Zulfiya 1996 yil 1 avgustda olamdan o‘tdi.

Atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlari e’tiborga olinib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Toshkentdagi ko‘chalardan biriga uning nomi berilgan.

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail:pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Zulfiya (xotira)