Bugun tug‘ilgan kun – Zulfiqor Musoqov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov 1958 yil 19 yanvarda Olmaliqda tug‘ilgan.
Zulfiqor Musoqov 1981 yil Toshkent teatr va san’at institutining rejissura fakultetini tugatgan. Ijodkor o‘z rejissyorlik faoliyatini 1989 yildan boshlagan.
Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon”, “Bomba”, “Yaratganga shukr”, “Kichkina tabib”, “Oyijon”, “Osmondagi bolalar – 1-2”, “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin”, “Qovun”, “Xazonrezgi”, “Novda”, “Dadam betob”, “Berlin-Oqqo‘rg‘on” kabi filmlari muxlislar qalbidan chuqur joy olgan.
Ijodkor filmlari xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rejissyorning “Vatan” filmi 2007 yilda Malayziyada o‘tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda “Osiyoning eng yaxshi filmi” nominatsiyasiga da’vogarlik qilgan. 2011 yilda rejissyor suratga olgan “Qo‘rg‘oshin” badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” Xalqaro kinofestivalida qatnashib, “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan.
Zulfiqor Musoqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!