Bugun tug‘ilgan kun – Shuhrat Abbosov (xotira)
O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor Shuhrat Abbosov 1931 yil 16 yanvarda Qo‘qonda ziyoli oilasida tug‘ilgan.
Shuhrat Abbosov dastlab Toshkent tibbiyot kasb-hunar kollejini, 1954 yil esa Toshkent davlat san’at institutini tugatdi. Mehnat faoliyati davomida san’at, ilm, amaliyot va pedagoglikni birdek olib borishga harakat qildi. Institutda kafedra mudiri, professor, shuningdek, turli joylarda mas’ul vazifalarda ishladi. Xususan, 1954-1956 yillar Mannon Uyg‘ur nomidagi musiqali drama teatrida rejissyor, 1958-1991 yillar qadar “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida rejissyor bo‘lib ishlagan. Ma’lum muddat ushbu dargohga rahbarlik ham qilgan.
“Mahallada duv-duv gap” kinokomediyasi uning kino olamidagi ilk yutuqlaridan biri sanaladi. U yaratgan filmlar hamisha sevib tomosha qilinadi. “Sen yetim emassan”, “Toshkent – non shahri”, “Qalbingda quyosh”, “Katta urushdagi kichik odam”, “Abu Rayhon Beruniy” kabi yana ko‘plab turli mavzulardagi filmlari tomoshabinlarning yuraklaridan chuqur joy olgan.
Shuhrat Abbosov “Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Taniqli rejissyor o‘tgan 2018 yil olamdan o‘tgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!
O‘zA