Bugun tug‘ilgan kun – Sherzodxon Qudratxo‘ja
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruv kengashi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja 1974 yil 26 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2018 yil 29 may kuni Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori etib tayinlandi.
Faoliyat yillari davomida Sherzodxon Qudratxo‘ja 1998 yilning avgustidan noyabriga qadar “TV-4” xalqaro telekanalining direktori lavozimida ishlagan. 1996 – 1998 yillarda “Axborot” informatsion dasturlar muharririyati muxbiri, 1994 – 1996 yillarda “O‘zbekiston” telekanalining muharriri va tarjimoni sifatida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun: Sherzodxon Qudratxo‘ja siyosiy fanlar nomzodi, professor. U "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, "Oltin qalam" Milliy mukofoti sovrindori (2019 y.), “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni sohibidir. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, BMB Kuzatuv Kengashi a’zosi hamda O‘zbekiston – Gretsiya do‘stlik jamiyati Boshqaruvi kengashi a’zosi sanaladi.
* * *
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!