Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimi Xushbaqov Qayum Norbekovich 1973 yil 7 sentyabrda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan.
Qayum Xushbaqov 1995 yilda Samarqand Qishloq xo‘jaligi institutini iqtisodchi-buxgalter mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tugallab, Samarqand sanoat texnikumi yoshlar ittifoqi qo‘mitasi kotibi lavozimida ish boshlagan. U Samarqand shahar Bog‘ishamol tuman moliya bo‘limi ijtimoiy ta’minotni moliyalashtirish yoki bo‘yicha, Bog‘ishamol tumani moliya bo‘limi xalq xo‘jaligini moliyalashtirish bo‘limlarida mudir vazifasida ishlagan. So‘ngra Samarqand viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasida faoliyat yuritgan.
2013–2015 yilgacha esa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Samarqand viloyatidagi Nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2015-2016 yillar oralig‘ida Samarqand viloyati Nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘i, 2016-2017 yillarda Samarqand viloyat xokimligi moliya boshqarmasi muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash monitoringini amalga oshirish sho‘’basi mudiri vazifalarini bajargan.
Qayum Xushbaqov viloyat hokimligi tizimida o‘z faoliyatini davom ettirib, yana bir qancha mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2023 yildan 2025 yilga qadar esa Samarqand viloyati hokimligi Axbort-tahlil guruhini boshqargan.
Qayum Xushbaqov 2025 yilning 26 fevralida Paxtachi tumani hokimi etib tayinlangan.
PS: Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta