Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi Qayum Sobirov 1970 yil 5 sentyabrda Urgut tumanida tug‘ilgan.
Qayum Sobirov 1996 yil Samarqand kooperativ institutini (hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti), 2003 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U 1996 yil “Xalq banki”ning viloyat boshqarmasi mutaxassisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. Turli yillarda “Fallabank”, “Qishloqqurilishbank” mintaqaviy filiallari, Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasida mas’ul vazifalarda ishlagan. 2017-2020 Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. U 2020 yil aprel oyidan buyon Jomboy tumani hokimi vazifasida mehnat qilmoqda.
Qayum Sobirov “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Otamning izlari”, “Yolg‘izoyoq yo‘l”, “O‘zlikni izlab” kitoblari nashr etilgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari berib boriladi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!