Bugun tug‘ilgan kun – Ozodbek Nazarbekov
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati Shahrixon tumanida tug‘ilgan.
Ozodbek Nazarbekov 2007 yil O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli vokalchi xonandaligidan boshlagan.
Bir necha yil O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mitasi qoshidagi Ashula va raqs ansambli xonandasi, keyinchalik O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori, bosh prodyuseri lavozimida ishladi. Ayni paytdagi vazifasiga tayinlanganga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish olib borgan.
Ozodbek Nazarbekov 2014 yil «El-yurt hurmati» ordeni bilan, 2021 yil «Turkmaniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!