Bugun tug‘ilgan kun – Jahongir Sarimsoqov
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov 1974 yil 4 mayda Samarqand viloyati (hozirgi Navoiy viloyati)ning Nurota tumanida tug‘ilgan.
Jahongir Sarimsoqov 2016 yilda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi vazifasiga tayinlangunga qadar qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, Navoiy viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi raisi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya raisi o‘rinbosari – Ijrochi direktori, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!