Bugun tug‘ilgan kun – Botir Zokirov (xotira)
O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov 1936 yil 26 aprelda tavallud topgan. Uning ijrosidagi qo‘shiqlar xalqning qalbidan chuqur joy olgan, qachon yangramasin kishiga o‘zgacha xush kayfiyat bag‘ishlaydi.
Botir Zokirov 1956 yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etib, katta shuhrat qozongan edi. U kuylagan opera ariyalari, o‘zbek xalq qo‘shiqlari, xorij shlyagerlari o‘z davrida dunyo bo‘ylab tarqaldi. Xonandaning repertuaridan milliy qo‘shiqlar bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan, rus, yunon tilidagi qo‘shiqlar ham joy olgan.
O‘zbek estrada san’atining rivoji Botir Zokirov ijodi bilan bog‘liqligini ta’kidlash o‘rinli. Shuningdek, B.Zokirov tasviriy san’at, rejissura san’atlarida ham iqtidorli bo‘lgan.
Xonanda 1985 yil 23 yanvarda olamdan o‘tgan. Botir Zokirov mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!
O‘zA