O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 1961 yil 24 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

U 1983 yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) tugatgan.  

Mehnat faoliyatini 1983 yil Toshkent telefon-telegraf stansiyasida muhandislikdan boshlab, o‘tgan yillarda qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.  Xususan, Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.  

Abdulla Aripov 2016 yilning dekabr oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimida samarali ishlab kelmoqda.

Abdulla Aripov "Do‘stlik", "Mehnat shuhrati" va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan mukofotlangan.  

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.  

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.  

Telegram: @UzA_pochta, @U_Qurbonov

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun tug‘ilgan kun – Abdulla Aripov