
Azamat Ziyo 1985-yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi OʻzMU) tugatib, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta laborant boʻlib ish boshlagan.
23-iyun
OʻzbekistonFanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi Azamat Ziyo 1963-yil 23-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Azamat Ziyo 1985-yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi OʻzMU) tugatib, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta laborant boʻlib ish boshlagan.
Tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo mehnat faoliyati davomida masʼul vazifalarda ishlab kelmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Axborot markazi tahlil guruhining bosh konsultanti, Prezidentining matbuot kotibi, Prezidentining Davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha guruh rahbari boʻlgan.
Azamat Ziyo 1996-yil “Shuhrat” medali, 2003-yil “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshgan va qoʻshayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!