Bugun Toshkentning yana ikkita tumanida tabiiy gaz vaqtinchalik to‘xtatiladi
«Hududgaz poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkentning Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida joriy yilning 16 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi, «Novza» metro bekati yonidagi, o‘rta bosimli yer osti d-89 mm.li gaz quvurida va Chilonzor mavzesidagi "Metro market" binosi yonidan o‘tgan, o‘rta bosimli yer osti d-57 mm.li gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan.
Holatni bartaraf qilish ishlari «Chilonzortumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Chilonzor tumanida:
– «Chilonzor» MFYdagi jami 1 890 ta uy xo‘jaliklari hamda ko‘p qavatli uylardagi aholi xonadonlarida;
– «Charx komolon» MFYdagi 894 ta;
– «2-Charx komolon» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 240 ta;
– «3- Charx komolon» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 460 ta;
— «Katta Chilonzor 1» MFYda (1-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 180 ta;
— «Katta Chilonzor 2» MFYda (2-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 284 ta;
— «Katta Chilonzor 3» MFYda (3-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 470 ta;
– «Novza» MFYda (4-24-mavzelar) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 880 ta;
– «Beshchinor» MFYda (5-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 320 ta;
– «Dilobod», «Xalqlar do‘stligi» MFYlarida (6-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 3 220 ta;
– Chilonzor 5-mavzeda joylashgan 1-2-3-4-49-50 ko‘p qavatli uylardagi jami 504 ta aholi xonadonlarida;
Qolaversa, Mirzo Ulug‘bek tumanining «Pastki yuz» MFYdagi 367 ta uy xo‘jaliklarida ham tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi.
O‘zA