Bugun Superliganing 27-turi start oladi
Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 27-tur bahslari bugun, 5-noyabr kuni start oladi va 8-noyabr kuniga qadar davom etadi. Turning ilk uçraşuvida «Bunyodkor» öz maydonida «Xorazm» jamoasiga qarşi öynaydi. Bellaşuv soat 18:30 da boşlanadi.
Özbekiston Superligasida 27-tur bahslari 6-noyabr kuni davom etadi. Ertaga «Söğdiyona» va «Dinamo» jamoalari özaro kuç sinaşadi. Uçraşuv soat 18:30 da boşlanadi.
7-noyabr kungi öyinlar dasturidan uçta bellaşuv örin olgan. Soat 16:00 da «Andijon» — «Lokomotiv» uçraşuvi start oladi. Undan 15 daqiqa keyin «Maşʼal» — «Surxon» bahsi boşlanadi. Kunning sönggi öyinida soat 18:30 da «Qizilqum» «Navbahor»ni qabul qiladi.
8-noyabr kuni yana uçta uçraşuv ötkaziladi. Soat 16:00 da «Neftçi» — OKMK hamda «Buxoro» — «Nasaf» bahslari boşlanadi. Soat 18:15 da esa «Paxtakor» va «Qöqon-1912» jamoalari maydonga tuşadi.
26-tur yakunlariga köra, «Neftçi» 25 ta uçraşuvdan keyin 58 oçko bilan musobaqa jadvalida peşqadamlik qilmoqda. 26 ta öyin ötkazgan «Paxtakor» 56 oçko bilan ikkinçi, «Navbahor» esa 52 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA