Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun, 27 iyun kuni mazkur tur doirasida "Nasaf" — "Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" — "Dinamo" klublari bahsi o‘tkaziladi.

Turning markaziy o‘yini deya e’tirof etilayotgan "Nasaf" — "Paxtakor" to‘qnashuvi oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yiniga nazar tashlasak. Jamoalar shu kunga qadar chempionatlarda jami 56 marta o‘zaro bahs olib borgan. Ularning 30 tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, 14 bellashuvda durang natija qayd etilgan. “Nasaf” esa 12 o‘yinda g‘alaba qozongan. To‘plar nisbat 79/49 - poytaxt klubi foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv Qarshidagi "Markaziy" stadionida soat 20:00da boshlanadi. Darvoqe, kuni kecha musobaqaning 14-turini boshlab bergan “Xorazm “ – “Andijon” o‘rtasidagi uchrashuv 2:3 hisobida yakunlandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Superligada markaziy o‘yin bor