Bugun Super liganing muhim o‘yinlari o‘tkaziladi
Bugun, 19 sentyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Super ligasining 22-turining so‘nggi o‘yinlarida ikkita muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Super liganing bu yilgi chempionligiga da’vogarlik qilayotgan «Nasaf» Navoiyda «Qizilqum» bilan muhim o‘yinni o‘tkazsa, ligadagi o‘rnini mustahkamlashga intilayotgan poytaxtning «Bunyodkor» jamoasi «Jar» stadionida AGMK sinovidan o‘tadi.
Ikkala «duel»da qatnashayotgan to‘rtala jamoa uchun bugungi uchrashuvlar shu darajada muhimki, agar qarshiliklar «Qizilqum»ni dog‘da qoldira olsa, «Paxtakor»ni ortda qoldirgan holda Super liga yetakchisiga aylanadi. Aksi bo‘lsa, «Qizilqum»da chempionatni kuchli uchlikda yakunlash imkoniyati vujudga keladi.
Xabar berganimizdek, kecha 18 oktyabr kuni Superliganing 22-turida «Neftchi»-Navbahor»-1:2, «Paxtakor»-«Qo‘qon-1912»-5:2, «So‘g‘diyona»-«Surxon»- 0:1 natijalari qayd etildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA