Bugun Oʻzbekistonning Birinchi ochiq keys-chempionati ishtirokchilarini roʻyxatga olish yakunlandi
Oliy oʻquv yurtiga qabul ilk bor jamoaviy sinovlar, qobiliyatlar sinovlari va ish beruvchilar bilan intervyu shaklida oʻtkazilmoqda.
Bank-moliya akademiyasida taʼlim olish uchun 1400 nomzod http://qabul.bfa.uz/ da keys-chempionatda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtdi. Oliy oʻquv yurtiga qabul ilk bor jamoaviy sinovlar, qobiliyatlar sinovlari va ish beruvchilar bilan intervyu shaklida oʻtkazilmoqda.
600 dan ziyod kishi MVA (bank ishi) yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish uchun ariza bergan, shu tarzda bir oʻringa 20 dana ortiq talabgor bor. Ushbu oʻquv yilidan boshlab Akademiyaning barcha talabalariga bitta tilni bilish va ikki tilni tushunish (oʻzbek, rus, ingliz) talabi qoʻyilmoqda.
Oʻquv dasturi 100 dan ortiq akademik fanni qamrab oladi, ulardan talabalar oʻzlarining amaliy faoliyati uchun eng zarurini tanlab olishi mumkin. Tanlash mumkin boʻlgan oʻquv kurslari orasida quyidilar bor: FinTech, Data Science, tavakkalchilik menedjmenti, kiberxavfsizlik, emotsional intellekt, oʻzgarishlarni boshqarish va boshqa qiziqarli fanlar.
Moskva, Olma Ota, Kohira, Bryussel va jahonning boshqa mashhur poytaxtlarining eng yaxshi biznes-maktablari professorlari va amaliyotchi mutaxassislari dars berishga jalb qilinadi hamda bank va moliya muassasalari rahbarlarining yangi avlodiga taʼlim berishda ishtrok etadi.
Chempionat ishtirokchilari oʻrtasida raqobat juda kuchli, birinchi va ikkinchi turda ishtirok etish uchun ariza bergan 66 jamoadan faqat 30 ta jamoa oʻtish ballini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Jamoalar moliyaviy tashkilotlarning kelajagi, soliq tizimini isloh qilish, kambagʻallikni qisqartirish va dollarlarshtirish, yangi texnologiyalarning iqtisodiyotga va jamiyatga taʼsiri bilan bogʻliq keyslarning yechimini topgan.
Sizda hali mamlakatning moliyaviy elitasi safiga kirish imkoniyati bor. Bugun, yarim tungacha quyidagi manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻting: http://qabul.bfa.uz/. Magistraturaga hujjat topshirishda asosiy maʼlumot va egallab turgan lavozimga oid barcha cheklovlar bekor qilindi.
Bankning axborot xizmati .
Reklama huquqi asosida.