-

“Yangi O‘zbekiston”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga qilgan safari tafsilotlariga bag‘ishlangan sharh, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan. “Qadri tog‘ – qalbi daryo el”, Tejamkorlik – rizq-nasiba butunligi”, “Quyosh panelida ishlaydigan suv nasosi”, “Sayohat zavqmi yoki mas’uliyat?”, “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar”, “Piyoda yurish ohanrabosi” kabi sahifa, maqolalarda yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlili, sog‘lom muhit va yangi davr nafasini his qilib turasiz.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbarining Mo‘g‘ulistonga qilgan safari tafsilotlariga bag‘ishlangan sharh, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi to‘g‘risidagi axborot e’lon qilingan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdusaid Ko‘chimovning Surxondaryo viloyatiga bag‘ishlangan “Janub gavhari” nomli katta tahliliy maqolasini, albatta, o‘qing. “Hamkorlikning yangi arxitekturasi”, “O‘zaro do‘stlik aloqalari yanada kengayadi”, “Urgut tumani: Tarix va taraqqiyot uyg‘unligi”, “Natijadorlik – asosiy mezon”, “Havo musaffoligini saqlashga har birimiz mas’ulmiz” kabi maqolalarda joylardagi hayot, amalga oshirilayotgan islohotlar, inson va tabiat, ekologik muhit uchun mas’ullik hissi aks etgan.

“Ishonch”ning bugungi soni “Kasaba uyushma yoshlari – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” nomli sahifa bilan boshlanadi. Unda ushbu shior ostida Respublika yoshlar forumi bo‘lib o‘tayotgani haqida so‘z boradi. “Ko‘pchilikning ovozi hal qiluvchi kuch”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Qutlibeka Rahimboyevaning O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Sharifa Salimovaga “Hammamiz uchun burch bo‘lgan mavzuni qoyillatib yozdingiz” nomli ochiq xati va taniqli jurnalist Abdusaid Ko‘chitmovning “Janub gavhari” nomli tahliliy maqolani zavq bilan o‘qiysiz.

“Jamiyat” – bugungi jamiyat muammolari bilan nafas oladi. Jurnalist Lutfullo Tursunovning “Yopiq eshiklar ortidan – ochiq dunyo sari: O‘zbekiston tashqi siyosatidagi keskin burilish” maqolasi e’tiborli. “O‘quvchi va internet: Nazorat izdan chiqdi...(mi?)”, “Tabiat in’om etgan ne’mat”, “Qorni to‘q, kayfi taroq... qalbi ochlikdan chekinaylik” kabi maqolalarda ochiq va samimiy mulohazalar, olam va odam, inson qadri va jamiyat hayoti aks etgan.

“XXI ASR” O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharofiddinovning jurnalistlarga qarata aytilgan ushbu so‘zlari bilan boshlanadi: “Jurnalistika to‘rtinchi hokimiyatdir, deganda nimani anglashimiz kerak? Mening nazarimda, jurnalistikamizning hokimiyat bo‘lishini ta’minlaydigan eng birinchi omil, u hayotda adolat barqaror bo‘lishi uchun kurashmog‘i kerak, odamlar taqdirida yuz beradigan adolatsizliklarning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurashmog‘i lozim”. “Davom etayotir buyuk imtihon” sahifasidan  Ozod Sharofiddinov  tilga olgan mas’uliyatni yelkasiga olib, kasbini oqlab kelayotgan “murosasiz kurashchilar”ning dil so‘zlari joy olgan. “O‘zgarishlar silsilasi”, “Parkent - drayver hududga aylanadi”, “Mahalla bankirlari” kabi maqolalarda o‘zgarishlar, bugungi kun ruhi aks etgan.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...