-

“Yangi O‘zbekiston”da IV Toshkent xalqaro investitsya forumi yakunlariga bag‘ishlangan “Qit’aning eng yirik investitsiya tadbiri” nomli sahifa e’lon qilingan. Unda Toshkent forumi xorijlik ishbilarmonlarga O‘zbekistonning salohiyati bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lgani, Toshkent – hamkorlik kelishuvlari uchun o‘zaro muloqot maydoniga aylangani keng tahlil qilingan. “Insoniylik va teng imkoniyatlar falsafasi”, “Agrar tarmoq: raqamli transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashuv”, “Buyrak transplantatsiyasi amaliyoti”, “Dadajon, sizning bir kunlik vaqtingizni sotib olmoqchi edim...”  kabi maqolalada joylardagi bugungi hayot, murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ortga qaytmas islohotlar shamoli, otaning oila, farzand tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z boradi.

“Xalq so‘zi” “Uyg‘onayotgan yurt sadosi” nomli katta sahifa bilan boshlanadi. Unda Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar aks etgan. “30,5 milliard dollarlik sarmoya va savdo bitimlari imzolandi” sahifasi IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi ko‘tarinki ruhda, o‘ta samarali va muvaffaqiyatli o‘tgani haqida. “Yangi tashabbuslarga ochiqlik va barqaror taraqqiyotga intilish”, “Milliy maqsad va vazifalarning bajarilish holati qanday?”, “Iqtisodiy strategiyalar va global hamkorlik”, “Do‘stlik va sheriklik munosabatlari – yangi bosqichda”, “Xorij bozorlarida – Ko‘kdala tarvuzlari”, “Vatanni tanitish gid mahoratiga bog‘liq”, “Yarim asr devoni”, “Ta’lim-tarbiyada tanaffus yo‘q” kabi maqolalarda inson va jamiyat, rejalar, amalga oshayotgan orzular tahlili aks etgan.

“Jadid” o‘zbek futbolchilarining olamshumul g‘alabasiga bag‘ishlangan “Dunyo darvozasi ochildi bizga” nomli faxriya bilan boshlanadi. Albatta, o‘qing.  “Ayol ma’rifati hayot-mamot masalasidir”, “Men ham ko‘prik qurajakman she’rdan yonib...”, “Inson qadri va jamiyat: dialektik birlik zarurati”, “Aruz risolasi”mi, “Mufassal”mi yoki “Muxtasar”, “Hammualliflik – hammanfaatlikka aylanganda”, “Ro‘yxatlarda yo‘q edi nomi...”,  “Birdan-bir chora tanqidiy yo‘ldir” – Turkiston teatrlari Abdulla Qodiriy nigohida kabi maqolalar orqali tarix va bugungi kun haqiqatlari bilan yuzma-yuz kelasiz. “Jadid”ni o‘qing...

Adolat”da bir qancha e’tiborli maqolalar e’lon qilingan. “Yangi O‘zbekiston – investorlar uchun ulkan imkoniyatlar mamlakati” maqolasi shular jumlasidan. “Mehrli yuraklardan xasta bolajonlarga insonparvarlik yordami”, “Intervyu “qiroli”, Yevropa Ittifoqiga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun Tik-Tok va YouTube ni taqiqlash taklifi bilan chiqdi”, “Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – dolzarb vazifa”, “Adashganlarning achchiq qismati” kabi maqolalarda ko‘tarilgan muammolar hammani birdek tashvishlantirishi turgan gap. Ularda ko‘tarilayotgan og‘riqlar o‘quvchini yon-atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslikka undaydi.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...