-

“Yangi O‘zbekiston”ning bugungi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27 fevral kuni “Katta dubulg‘a” xalqaro turniri doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerni qabul qilgani, sud faoliyatini yanada yaxshilash, ochiqlik va raqamlashtirish darajasini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilish tafsilotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan. “Imkoniyat – g‘alaba sari yo‘l demak” nomli sahifa Toshkentda Diyora Keldiyorova dzyudo klubi ochilgani to‘g‘risida xushxabar o‘laroq yangraydi. “Suv diplomatiyasi” nomli maqolada  suv nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda tobora dolzarb bo‘lib borayotgani haqida so‘z boradi. “Paxta yetishtiruvchilarga qator qulayliklar”, “Ko‘kdalada qachon tarvuz pishadi?”, “Yorqin kelajak – oilaviy sharoiti og‘ir, ilmga chanqoq yoshlarni xorijda o‘qitish tizimi”, “Yaroqsiz shinalar san’at asariga aylanib, oyiga 10-15 million daromad keltirmoqda”, “Intellektual loyihalar ijtimoiy aloqalarni mustahkamlay oladimi?” kabi maqolalarda yangilanayotgan jamiyat manzaralari va yangi davr nafasini his qilasiz.

“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtiroki bilan bog‘liq tadbir, uchrashuvlarga keng e’tibor berilgan. Shuningdek, gazetada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan. “Toza va qulay atrof-muhit – inson huquqlarini ta’minlash kafolatlari”, “O‘zbekiston – mo‘’jizalar mamlakati”, “Aholi muammolarini hal etishda mas’ullik va daxldorlik”, “Ish o‘rinlarini ko‘paytirishda hal qiluvchi yil”, “Inshootlar mustahkamligiga zamonaviy yondashuv”, “Mamlakat bo‘ylab yangiliklar, voqealar, tafsilotlar”, “Tog‘ bag‘ridagi qishloq” kabi maqolalar, sahifalarda inson omili, islohotlar, bugungi yutuqlar – haqiqatlar aks etgan.

“Jadid”ning bugungi sonida o‘qishga arzigulik materiallar bir talay. “Ketdik, kinoga tushamiz!”, “Ogahiyning “qo‘lini tutgan” oqsoqol”, “Kurashadi ikki to‘lqin, qarab turaymi!..”, “Qog‘ozlarda qolgan ohu faryodlar”, “Qorong‘u ufqdagi tong yulduzi”, “Maktubim javob istab...” kabi maqolalarda inson va jamiyat muammolari, egilib, bukilib sinmagan haqiqat, olam va odam, jadidlar nafasi aks etgan. Kuni kecha boqiy dunyoga safar qilgan benazir shoir Bahodir Isoning she’rlarini qoniqish bilan o‘qisiz. Shoirning “Iltimos” nomli she’ri shunday boshlanadi:

Yuragimni ochib ko‘ringlar,

Yo unga tig‘ sanchib ko‘ringlar – 

Qonlarini yerga ayamay, 

sochib, 

sochib, 

sochib ko‘ringlar – 

Yerda

Qatra-qatra qonimdan

Qizg‘aldoqlar o‘sib chiqadi.

Ming-ming bo‘lak bo‘lgan jonimdan

Vatan degan yozuv chiqadi!..

Adolat”da e’lon qilingan “Nazorat kuchaytiriladi, muammolar hal bo‘ladi” maqolasida ushbu so‘zlar e’tiborni tortadi: “Deputatlarning vazifasi faqat qonunlarni yaratish emas, balki xalqning xohishidan kelib chiqib, mamlakat kelajagini shakllantirish hamdir. Ular jamiyatni yuksaltirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash hamda yangi imkoniyatlar ochish uchun kurashadilar. Shuningdek, deputatlarning asosiy ish faoliyati insonlarning hayotini yaxshilashga, ularning ehtiyojlarini his qilishga va jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Xalq saylagan deputatlar o‘z vazifasini qanchalik sidqidildan bajarmoqda, degan savolga ularning xalqqa qanchalik yaqinligini bilish orqali javob topsa bo‘ladi”.  “Kredit sohasidagi firibgarliklarga chek qo‘yiladi”, “Keng qamrovli sheriklik istiqbollari”, “Yo‘l talashib...”, “Raqamlashtirish mamlakatning taraqqiyot drayveri”, “Istiqlolni orzu qilgan millatparvar alloma” kabi maqolalarda o‘zgarayotgan inson va jamiyat, tarix va taraqqiyot, izlanish va yuksalish onlari aks etgan.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...