-

“Yangi O‘zbekiston”da o‘quvchi e’tiborini tortadigan maqolalar ancha. “Qo‘ng‘irot – Beyneu yo‘li” nomli maqolada ushbu yo‘l 1 milliondan ziyod aholi hayotini o‘zgartirgani haqida so‘z boradi. – Inson tug‘ilgan elida aziz. O‘z elingning yaxshisi ham, yomoni ham o‘zingniki bo‘ladi. Uning har bir qarich yeri, giyohi, suvi qadrli, tuprog‘i aziz. Shu bois, yurtimizdagi bugungi o‘zgarishlar barchamizniki, ayniqsa, biz – qoraqalpog‘istonliklarning katta xursandchiligiga, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda, deb yozadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kengashi raisi Ulug‘bek Jalmenov.  “Tabiat bilan murosa”, “Sayyohlik rivoji bo‘yicha eng faol mamlakat”, “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”, “Biogumusni ko‘paytirish – qo‘shimcha daromad va kambag‘allikdan chiqarish omili” kabi maqola, sahifalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami, yutuqlar, kecha va bugunning yorqin sahifalari o‘z aksini topgan.

“Xalq so‘zi”da ham bir qator tahliliy maqolalar berilgan. “O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixida yangi sahifa” nomli axborot, ayniqsa, e’tiborli. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKUK) a’zosiga aylangani haqida so‘z boradi. “5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha belgilangan amaliy chora-tadbirlar”, “Inson qadri ulug‘langan yurtda yashash sharaf”, “Tibbiy ta’limga e’tibor – sog‘lom kelajak garovi”, “Investitsiyalar – iqtisodiyot lokomotivi va mustahkam poydevori”, “Malayziyadagi qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonda”, “Indoneziyalik olimni kitob yozishga ilhomlantirgan sayohat” kabi maqolalarda o‘zgarayotgan jamiyat, o‘z ishiga yangicha yondashayotgan insonlar hayotidan lavhalar, ertangi kunga ishonch tuyg‘ulari aks etgan.

“Jadid”ning bugungi soni Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Ma’naviy yuksalish poligonidan gapiramiz!” sahifasi bilan boshlanadi. “Millat oydinlari peshvosi”, “Tengi yo‘qdir sharaf bobida”, “Otalar yoqqan mayoq”, “Harbiylar nega jadidlarni o‘rganadi?”, “Tilimizning “temir” qoidalari”,  “Bola baxshi tug‘ma chapaqay bo‘lganmi?”, “Jamiyatning ikki ustuni”, “Muhojirlarning nashri afkori”, “Muddao nima?”, “Bir to‘y ta’rifinda” , “Ikki soatlik dabdaba uchun besh yillik qora mehnat” kabi maqolalarda egilib, bukilib sinmagan hayot haqiqatlari, olam va odam, chin inson qismati, o‘zidan yorqin iz qoldirgan bobolar nafasi va puch orzular ortidagi “oh”larni his qilib turasiz. 

Adolat”da e’lon qilingan “Birinchi o‘zbek robo doktori” ixtirochisi Asadbek Urunov: “Yiqilish ayb emas, yiqilganda tura olmaslik – ayb” nomli suhbatni, albatta, o‘qing. “Temir yo‘llar mamlakatning qon tomirlari”, “Ta’lim tizimida jiddiy islohotlar o‘tkazilmoqda”, “Nogiron bolalar umumta’lim maktablariga qamrab olinadi”, “Qahramonlik timsoliga aylangan shaxs” kabi sahifalarda bugungi hayot, inson va jamiyat, ta’lim tizimidagi yangiliklar aks etgan.

Bugungi gazetalarni o‘qing.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...