-
“Yangi O‘zbekiston”da bir qator muhim axborot, sharh, maqolalar e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 dekabr kuni Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishi tafsilotlariga bag‘ishlangan sahifa e’tiborli. Gazetada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “O‘zbekiston – demokratik davlat”, “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – barqaror taraqqiyot kafolati”, “Yangi davrda parlament chinakam xalq uyiga aylanishi kerak” kabi maqolalar e’lon qilingan. “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 baravar ko‘paytirildi. Bu raqamni aytish oson, lekin uni amalda ta’minlashning o‘zi bo‘lmaydi. Mamlakatimizda “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan ezgu tamoyil asosida qonuniylikni ta’minlash borasidagi ishlarda prokuratura xodimlari jonbozlik ko‘rsatishi lozim deb o‘ylayman” deb yozadi “Konstitutsiya – xalqchil demokratik islohotlarning bosh huquqiy asosi” maqolasi muallifi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev. “Temir yo‘l transporti tizimiga xususiy sektor jalb qilinadi”, “So‘z erkinligi to‘g‘risida uch og‘iz so‘z”, “Vatanparvarlikka chorlov”, “Sabrning ismi ayol” kabi maqola va sahifalarda bugungi jamiyat, uning qahramonlari hayoti aks etgan.
“Xalq so‘zi”da ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 dekabr kuni Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishi tafsilotlariga bag‘ishlangan sahifa e’lon qilingan. “Tashqi siyosatimizda insonparvarlik tamoyili ustuvor”, “Aholi salomatligi – milliy barqarorlikning tarkibiy qismi”, “Har tup nihol – yaxshilik ramzi”, “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” kabi sahifalar o‘quvchi e’tiboridan chetda qolmaydi. “Investitsiyalarni jalb qilish sur’ati oshmoqda” sahifasida keltirilgan raqamlar ko‘pchilik uchun qiziq. Masalan, O‘tgan 10 oy davomida mamlakatimizga 26 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar kiritilgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 1,7 barobar ko‘p. Kiritilgan investitsiyalar hisobiga 6300 ta korxona ishga tushirilgan. Ularda 30 trln. so‘mlik qo‘shimcha qiymat yaratilgan. Eksport 305 mln. dollarga oshgan. Natijada 163 mingta yuqori daromadli ish o‘rni ochilgan. Noyabr-dekabr oylarida yana 8,6 mlrd. dollarlik investitsiya kiritilishi kutilmoqda, deyiladi sahifada.
“Hyrriyat”da taniqli shifokor va ijodkor, tibbiyot fanlari doktori, professor Jumanazar Beknazar bilan jurnalist Gulnora Shermatova uyushtirgan “Shifokor kun o‘tkazish uchun ishlashi mumkin emas!” nomli suhbatni, albatta, o‘qing. Taniqli shoira Muhtarama Ulug‘ovaning “Kitob – oftobdan qalblar nurlanar”, akademik Akmal Saidovning “Shohi bi shin” – “so‘nggi (sh)oh”, “Teatrga bordim, siz-chi?” kabi maqolalarda muhim mavzu – masalalar tahlili, mushohada, mulohazalar aks etgan.
“Ma`rifat” – ziyolilarning, ta’lim-tarbiyaga befarq bo‘lmagan barcha ustoz, murabbiylarning minbari. “Robot fikrlay oladimi?”, “Zamonaviy kasblarning yangicha ko‘rinishi”, “MTT – ta’limning poydevori”, “Noqonuniy diniy ta’lim berishning salbiy oqibatlari”, “Din omonatdir. Uni kimdan o‘rganish esa katta mas’uliyat”, “Jamiyatni yagona maqsad yo‘lida birlashtiruvchi ma’naviy qudrat”, “Ijodkor o‘qituvchining kasbga sadoqati” kabi o‘nlab maqolalarda ta’lim-tarbiya, bu boradagi ba’zi muammo va qusurlar haqida so‘z boradi.
“Oʻzbekiston ovozi” ”Denovlik Dilorom opa dunyoda o‘zgarishlar qilayotgan 100 ayol safida” nomli sahifa bilan boshlanadi. Unda hayot sinovlariga taslim bo‘lmay, oilada, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olgan surxondaryolik tikuvchi va tadbirkor Dilorom Yo‘ldoshevaning imratli umr yo‘li haqida so‘z boradi. “5 yillik uchun Harakat dasturi tasdiqlandi”, “Yangi tarkib yangi byudjetni qabul qildi”, “Maktab o‘quvchisi ham o‘qiydi, ham kasb o‘rganadi...”, “Harakat xavfsizligi – asosiy maqsad” kabi bir qator maqolalar ham o‘quvchi uchun qiziq.
“Yoshlar ovozi” – yoshlar minbari. “Bolalar harakati” sardorlari saylandi”, “Ekologik barqarorlik qanday kafolatlanadi?”, “Yoshlar huquqi Konstitutsiyada va amalda”, “Bizning fursat. Bizning harakat. Bizning kelajak!”, “Prezident kubogi”, “Inson – jamiyat – davlat”, “52 yosh ishli bo‘ldi” kabi maqolalarda bugungi tezkor hayot, yoshlar erishayotgan yutuqlar, jamiyat hayoti aks etgan....
“Milliy tiklanish”da o‘quvchi qiziqadigan mavzularda yaxshi, tahliliy maqolalar bor. “Byudjet: qayerga, qancha mablag‘?”, “Suv ham tarbiya o‘zanidan oqishi kerak”, “Majburlangan ustozdan qanday natija kutasiz?”, “Sud noodillik qildimi?”, “Falesdan Arastugacha yoki o‘zbek milliy falsafasining istiqbollari xususida”, “Hemis” – talabalar uchun tartibmi yoki jazo?”, “Jadidlar ro‘yxatiga kiritilmagan jadid” kabi maqolalarni o‘qirkansiz, bugungi hayot manzaralari ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘la boshlaydi...
“Mahalla” bugungi mahalalarimiz, jamiyatimiz hayotini o‘zida aks ettiradigan ko‘zgu. Gazeta orqali mahallalarimizdagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib borish barobarida ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob ham olasiz. “Ijtimoiy tadqiqot muammo va rejalarni belgilashga turtki beradi”, “O‘zini o‘zi band qilganlarga pensiya qanday hisoblanadi?”, “Farzandli talaba masofadan o‘qishi mumkinmi?”, “V2 sertifikatini olsa, ustama beriladimi?” “Olgan daromadimdan soliq to‘laymanmi?”, “Oilani tiklash oson bo‘lmaydi, ammo ortga qaytish niyatmiz yo‘q”, “Nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘siqsiz harakatlanadi”, “Ayrimlarning aliment puliga ishonib, ajrashgani achinarli...”, “Ayollarni daromad topishga qanday o‘rgatish mumkin?” kabi ixcham-ixcham maqolalarda berilgan muhim axborotlarda kundalik hayotda asqotadigan ma’lumotlar bor.
Bugungi gazetalarni o‘qing...
O‘zA