bugungi gazetalar kundalik hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarish, yangilanishlarga keng e’tibor berayotgani bilan e’tiborimizni tortadi.

“Xalq so‘zi”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishi tafsilotlariga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, gazetadan davlat rahbarining ikki muhim qarori – “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ham o‘rin olgan. Samarqand Davlat universiteti rektori, senator R.Xolmurodovning “Inson konsepsiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaratildi” maqolasi gazetxon e’tiborini o‘ziga tortadi. Gazeta muxbiri M.Karimovaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan tayyorlagan “Bir qator qonun loyihalari qabul qilindi: Ijtimoiy hayotimizda nimalar o‘zgarmoqda?” nomli tahliliy maqolasi ham o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

“Hurriyat”ning bu sonida olimpiyachilarimiz muvaffaqiyatiga keng o‘rin berilgan. “Ko‘klarga ko‘tarib O‘zbekistonni...” maqolasi va O‘zbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Mard maydonda sinalgay” she’ri o‘quvchini yana bir bor to‘lqinlantirib yuboradi. Tan olish kerak, “Hurriyat” qisqa muddatda yana o‘quvchilarning sevimli gazetasiga aylanib ulgurdi. “Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev diqqatiga! Gazeta chiqmay qolsa, faqat muharrir aybdormi? Yoki viloyatdagi bosma nashrlarning bugungi ahvoli haqida mulohazalar”, “Ilm, tafakkur bilan yangi uyg‘onish sari”, “Ekran orqali asabni qaqshatmang!”, “Sinalayotgan ruhiyat yoki shifoxonada yozilgan qaydlar”, Dunyoni o‘zbekcha so‘ylatgan alloma” kabi maqolalar o‘quvchi ruhiga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatadigan maqolalardan bo‘lgan. Shuningdek, gazetadan o‘rin olgan sevimli shoiramiz Zulfiya Mo‘minovaning “Oqqushlar – chirqirab uchgan xotiram” she’riy turkumi va yozuvchi Qo‘chqor Norqobilning “Umr shomidagi nur” hikoyalari, taniqli olim Ilhom G‘aniyevning shoir Sirojiddin Rafning “Muallaq cheksizlik” kitobi xususida bitgan “She’r – shaxsiyat sharhlari” maqolasi gazetxon ko‘ngil mulkiga aylanadigan sahifalardan bo‘lgan. Bir so‘z bilan aytganda, “Hurriyat”ni o‘qing, afsulanmaysiz...

“Kitob dunyosi” gazetasining bugungi soni ham rang-barangligi bilan e’tiborni tortadi. “Kitob dunyosi” va “Hurriyat” xuddi bir-birini to‘ldirib turgandek, ko‘ngil orqali dunyoga nazar solish, hayotni, o‘zgarishlarni qabul qilishga odamni chorlayotgandek bo‘ladi. Shu ma’noda, “Hurriyat”ni o‘qigan gazetxon, albatta, Kitob dunyosi”ni ham o‘qishi kerak, degan o‘y ko‘ngildan o‘tadi.

Jaloliddin Rumiyning “Bizni bilgan biladi, bilmagan o‘zi biladi...” hikmati “Kitob dunyosi”ning bugungi badiiy mundarijasini belgilab turadi. “Adabiyot – haqiqat mehrobi!”, Usmon Nosirning she’rlari, O‘ktam Usmonovning hikoyasi, xorijiy adiblar – Xulio Kortasar, Frans Kafka, Sharl Bodler, Tomas Vulf kabi adiblarning asarlari, Shukur Xolmirzayevning “Yozuvchilikning maktabi yo‘q...” maqolasi, ingliz adibasi Doris Lessing bilan bo‘lgan “Men pul uchun yozganman” suhbati, Furug‘ Farruxzodning ukasi Faridunga maktublari gazetxonga bir olam quvonch, iztirob, hayajon baxsh etishi mumkin.

“Milliy tiklanish” o‘z sahifalarida bugungi kunning muhim masalalarini ko‘tarib chiqqani bilan o‘quvchilari e’tiborini o‘ziga tortadi. “Bu ildizga bolta urish degani”, “Opa-singillarimiz oldinga o‘tishlari kerak”, “Qay birin tanlaysiz, gunohnimi yoki savobni?”, “G‘arblashtirish g‘ariblashtirishdir”, “Sayyor qabul”dan muammolar yechimiga bir qadam” kabi maqolalar shular jumlasidandir.

“O‘zbekiston ovozi” gazetasi Prezidentlikka bo‘lg‘usi nomzod – Maqsuda Azizovna Vorisova haqida o‘z o‘quvchilariga ma’lumot beradi. “Gazetadan o‘rin olgan “Yangicha qiyofa va taktika bilan g‘alaba uchun kurashamiz!” sahifasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining katta maqsadlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, gazetadan o‘rin olgan “Hayot va orzu chorrahasidagi o‘ylar”, “O‘zbekiston qahramonlarini mehr bilan kutib oldi”, ”Hozir o‘quvchilar yozuvchilardan ko‘p kitob o‘qiyapti” kabi maqolalar mavzuning muhim va qiziqarligi bilan o‘quvchilar e’tiborini o‘ziga tortishi turgan gap.

“Ma’rifat” gazetasi olimpiyachilarimiz g‘alabasiga keng o‘rin bergan. Gazetadan o‘rin olgan “Kechiktirib bo‘lmas masala yoki maktab hojatxonalarining abgor holati haqida”, “Mehnat bozoridagi raqobat mutaxassislarni saralaydi...” kabi qator jiddiy tahlilga asoslangan maqolalar gazetxonni chuqur o‘yga toldiradi, ta’lim tizimidagi va maktablardagi bugungi muammolar xususida o‘ylashga majbur qiladi...

“Yoshlar ovozi” va “Molodej Uzbekistana” gazetasi yoshlar hayoti, ularning oldida turgan muammo va yechimlarga keng e’tibor qaratgan. “Imkoniyatlar daftari”, “Aholining 53,2 foizi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishga tayyor”, ”Mama, skazku! Ili dayte rebenku ostavatsya rebenkom”, ”Levoy? Pravoy?” kabi maqolalar yoshlarning bugun jamiyatimizda tutayotgan o‘rni, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, bugungi hayotimizning muhim jihatlariga e’tibor qaratgani bilan o‘quvchilar diqqatini o‘ziga tortadi.

bugungi gazetalar muhim xabar, axborot, tahliliy maqolalarga boy, o‘qishni unutmang...

A.Narzulloyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun: Gazetalarni varaqlaganda...