Bugun Elit Osiyo chempionlar ligasida 6-tur start oladi
Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining g‘arbiy mintaqa umumiy bosqichining 6-tur uchrashuvlari bugun, 22 dekabr kuni start oladi va 23 dekabr kuniga qadar davom etadi.
Mazkur turning ilk kungi bahslarida «Traktor» — «Al-Duxayl», «Al-Sharja» — «Al-Hilol», «Al-G‘arafa» — «Al-Vahda», «Al-Shorta» — «Al-Ahli» klublari o‘zaro to‘qnash kelsa, ertangi o‘yinlarda «Al-Sadd» — «Shabab Al-Ahli» va «Al-Ittihod» — «Nasaf» jamoalari to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz.
Hozirda musobaqa jadvalida «Al-Hilol» 15 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Al-Vahda» klubi 13 ochko to‘plab ikkinchi, «Traktor» esa 11 ochkoga ega bo‘lib uchinchi pog‘onada bormoqda. Hisobida 10 tadan ochko bo‘lgan «Al-Ahli» va «Shabab Al-Ahli» jamoalari kuchli beshlikdan joy olgan.
Shuningdek, «Al-Duxayl» va «Al-Sharja» 7 ochko bilan 6-7-pog‘onalarda bormoqda. «Al-Ittihod» 6, «Al-G‘arafa» 3 ochko, «Al-Sadd» 2 ochko va «Al-Shorta» 1 ochko bilan, «Nasaf» hamon ochkosiz keyingi o‘rinlarda qady etilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA