COVID-19 infeksiyasi kuchayib borayotgan bir paytda parlamentlar ham koronavirus keltirib chiqargan inqiroz salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan qonunlarni qabul qilishi kerak. Shu sababli, parlamentlarning pandemiya paytida qanday faoliyat yuritayotgani bilan qiziqdik.

Parlamentlararo Ittifoqning innovatsiyalar markazi koronavirus inqirozi davrida dunyo parlamentlarining ishlash usullari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirdi. Unga koʻra, butun dunyo boʻylab parlament yigʻilishlarini tashkil etishning uch xil amaliyoti kuzatildi.

Birinchi amaliyotda parlament ayrim cheklovlar bilan xalq vakillarining shaxsan ishtirokida majlislar oʻtkazishni davom ettiryapti. Yaʼni, yalpi majlis va qoʻmita yigʻilishlarining soni kamaytirildi. Binoda parlament aʼzolari va xodimlarining soni qisqartirildi. Ayrimlari masofaviy ish tartibiga oʻtkazildi. Parlament majlislari oʻtkaziladigan joylar oʻzgartirildi. Masalan, yana-da samarali ijtimoiy masofalanish imkonini beradigan katta zallardan foydalanilyapti.

Ikkinchi amaliyotga koʻra, parlamentlar masofaviy ish usullaridan foydalangan holda virtual majlislar oʻtkazishni davom ettirmoqda. Masofadan turib oʻtkaziladigan yigʻilishlar uchun texnik infratuzilma mavjud. Koʻpgina parlamentlar masofadan ishlash vositalarining imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Biroq bu bir qator muammolarni, shu jumladan, masofadan ishlash, xavfsizlik va autentifikatsiya uchun huquqiy asoslarni belgilash kabi masalalarini keltirib chiqarmoqda.

Uchinchi amaliyotda, parlamentlar majlislar oʻtkazmayapti.

Bunga parlamentlarning parlament taʼtilini eʼlon qilgani sabab boʻldi. Ayrim mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniya parlamenti bir qator favqulodda choralar boʻyicha ovoz berishdan soʻng barvaqt taʼtil (parlament ishida tanaffus) eʼlon qildi. Shuningdek, Yangi Zellandiya parlamenti oʻz reglamentini oʻzgartirib, maxsus qoʻmitaga palataning barcha aʼzolari oʻrniga oʻz yigʻilishlarini oʻtkazishga ruxsat berdi. Lekin Parlamentlararo Ittifoqning qayd etishicha, siyosiy iroda yoki texnik imkoniyatlarning yetishmasligi parlament yigʻilishlarini oʻtkazishga xalaqit berishi mumkin.

Taʼkidlash joiz, ayrim parlamentlar masofadan ishlashni taʼminlash uchun qonunlar va protseduralarga (reglamentlar, qoidalar) oʻzgartirish kiritmoqda. Xususan, Ispaniya va Braziliyada parlament palatalari majlislarni virtual tarzda oʻtkazish imkoniga ega boʻlish uchun oʻz reglamentlariga oʻzgartishlar kiritdi. Boshqa parlamentlar, jumladan, Estoniya, Isroil va Buyuk Britaniya qoʻmitalari majlislarini virtual tarzda oʻtkazishiga ruxsat berish uchun amaldagi qatʼiy qoidalarni yumshatishmoqda.

Parlamentlararo Ittifoqning axborotida xorijiy davlatlar parlamentlarida masofadan turib majlislar oʻtkazishda foydalanilayotgan texnik vositalar va dasturlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Virtual majlislarni tashkil etishda xavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor berilgan. Jumladan, xavfsizlik – parlament ishini qoʻllab-quvvatlash uchun tanlangan har qanday dasturiy taʼminot uchun oʻta muhim omildir.

Shuningdek, parlamentlar masofaviy qarorlarni joriy etishda xalq vakillarining ishonchli aloqa manbalariga ega ekanliklarini inobatga olishi kerak. Bunga kafolat berilmasa, hujjatlarni almashish va ovoz berish uchun sinxron boʻlmagan usullardan foydalanish tavsiya etiladi.

Oʻzbekiston parlamenti koʻplab xorijiy parlamentlar singari pandemiya vaqtida toʻliq faoliyat koʻrsatishi uchun barcha zarur choralarni koʻrdi. Oliy Majlis palatalari yigʻilishlarni ayrim cheklovlar bilan parlament aʼzolarining ishtirokida oʻtkazishni davom ettirmoqda.

Ushbu jarayonda deputatlar parlament ishini tashkil qilishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanmoqda. Xususan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha bergan tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan tibbiy-sanitariya choralariga qoʻshimcha ravishda Oliy Majlis palatalari tomonidan bir qator amaliy ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Unga muvofiq, yalpi majlis, qoʻmita va fraksiyalar yigʻilishlarining soni qisqartirildi. Mazkur tadbirlar videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilmoqda. Shuningdek, parlament aʼzolari va Devon xodimlarining soni qisqartirildi. Baʼzilari masofadan ishlash usuliga oʻtdi. Majlislar va boshqa parlament tadbirlari ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya etilgan holda oʻtkazilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha yalpi majlisi va qonun loyihalari boʻyicha ovoz berish deputatlarning shaxsiy ishtirokida oʻtkazilib, ularda kvorumni taʼminlaydigan miqdordagi deputatlar ishtirok etmoqda. Yalpi majlislarda tegishli vazirlik va idoralar vakillari videokonferensiya orqali ishtirok etyapti.

Parlament majlislari, shu jumladan, fraksiyalar va qoʻmitalarning yigʻilishlarini videokonferensiya orqali oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Taʼkidlash joiz, ayni paytda, Oliy Majlis palatalari faoliyatida “Elektron parlament” tizimini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Mazkur tizim parlament va deputat soʻrovlarini internet tarmogʻi, xususan, parlament veb-sayti, maxsus portal va mobil ilova orqali shakllantirish va saylovchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish imkonini beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda Parlamentlararo Ittifoqning tahlillari va tavsiyalarini inobatga olgan holda “Elektron parlament” tizimini joriy etish doirasida masofadan turib majlis oʻtkazish, masofadan turib ovoz berish va boshqa parlament tadbirlarini oʻtkazishni huquqiy tartibga solish masalalarini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.

Doniyor TOʻRAYEV,
Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori oʻrinbosari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun dunyo parlamentlari qanday ishlayapti? Oʻzbekiston parlamentichi?