Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Energetika vazirligi, "O‘zbekgidroenergo" AJ, Bo‘stonliq tumani hokimiyati, Xitoyning mamlakatimizdagi elchixonasi mas’ullari, “TBEA Co., Ltd”, “China Aid for Shared Future” kompaniyalari mutaxassislari, keng jamoatchilik va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Unda energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov va Xitoyning mamlakatimizdagi elchixonasi vakili Sun Yan so‘zga chiqib, ikki davlat rahbarlarining o‘zaro do‘stona aloqalari va olib borayotgan oqilona siyosati tufayli hamkorlik barcha sohalarda mustahkamlanayotganini ta’kidladi. "Chorvoq" shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlanishi ham shunday yaqin aloqalarning samarasi sifatida qayd etildi.

Aytish joizki, mamlakatimizda energetika tarmog‘ining ajralmas qismi hisoblangan “yashil” energetika qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli,  gidroenergetika bilan birga, quyosh va shamol energiyasi ham strategik yo‘nalish sifatida rivojlantirilyapti.

"O‘zbekgidroenergo" AJ boshqarma bosh mutaxassisi Ulug‘bek Hikmatovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy  o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik, o‘zaro ishonch va uzoq yillik do‘stlikka asoslangan.

[gallery-24532]

– Davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 33 yil to‘ldi va bu hamkorlikni yanada mustahkamlashga zamin yaratadi. “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan qayta tiklanuvchi energetika yo‘nalishida Xitoyning nufuzli tashkilotlari bilan qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, 2023 yil 17 oktyabrda Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni savdo departamenti ko‘magida shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha o‘zaro kelishuv memorandumi imzolangan edi. Bu kelishuv asosida hozirda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Chorvoq shamol elektr stansiyasini qurish” loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Xitoy tomonidan ajratilgan beg‘araz grant mablag‘lari 28 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha 2025-2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan, – dedi U.Hikmatov.

Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida 20 megavatt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Unda yiliga o‘rtacha 50 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Qurilish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijasiga ko‘ra, Xitoyning “TBEA Co., Ltd” kompaniyasi bosh pudratchi sifatida tanlangan. Stansiya ishga tushgandan so‘ng qariyb 20 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Hozirgi paytda bosh pudratchi tomonidan Toshkent viloyati hokimining qaroriga asosan ajratilgan 10 gektar yer maydonida qurilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Xitoydan keltirilayotgan zamonaviy texnologik uskunalar bosqichma-bosqich montaj qilinmoqda.

Stansiya orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasi yiliga 811,1 ming  metr kub  tabiiy gaz yoki 3,15 ming tonna ko‘mir tejash imkonini beradi. Bu nafaqat ekologik toza yechim, balki iqtisodiy jihatdan ham samarali hisoblanadi.

Xitoy elchixonasi vakili Sun Yan ta’kidlaganidek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil ravnaq topmoqda.

–1992 yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan va bu munosabatlar so‘nggi yillarda yanada jadal rivojlandi. Ikki davlat rahbarlarining oqilona siyosati tufayli hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. "Bir makon - bir yo‘l" tashabbusi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasining uyg‘unlashuvi o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda Xitoy O‘zbekistonning eng ishonchli savdo hamkorlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda 4200 ga yaqin Xitoy kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, energetika sohasidagi hamkorlik ham izchil kengaymoqda. Xitoy “yashil” energetikaga o‘tish, quyosh va shamol energetikasi bo‘yicha katta tajribaga ega. O‘zbekistonda esa 2030 yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bugun start berilgan loyiha ana shu jarayonning muhim qismi hisoblanadi, – dedi Sun Yan.

Shu ma’noda, “Chorvoq” shamol elektr stansiyasi qurilishi mamlakatimizda ekologik toza energiya hajmini oshirish bo‘yicha tatbiq etilayotgan islohotlarning uzviy davomidir.

Tadbir yakunida ikki tomon mas’ullari loyiha qurilishiga ramziy start berdi.

Nasiba Ziyodullayeva, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun “Chorvoq” shamol elektr stansiyasi qurilishiga rasman start berildi