Tailandning Bangkok shahrida davom etayotgan “Thailand Open” boks musobaqasida yarim final bahslari qizg‘in pallaga kirdi.
Bugun ushbu bosqichda 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilib, musobaqa finaliga yo‘l olish uchun jang qiladi. Quyida bokschilarimizning raqiblari bilan tanishing:
-70 kg: Oysha Toirova — Jao Chunyuan (Xitoy)
-60 kg: Madiyar Daniyarov — Mohammad Abu (Iordaniya)
-80 kg: Samandar Jalolov — Toxtarbek Tanatxan (Xitoy)
-85 kg: Nusratbek Tohirov — Bekzat Tangatar (Qozog‘iston)
-57 kg: Nigina O‘ktamova — Punrave Ruyenros (Tailand)
-75 kg: Aziza Zokirova — Karine Airapetian (Ukraina)
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev — Titivat Plongaura (Tailand)
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov — Kan Chia-Vei (Xitoy Taypeyi)
-75 kg: Javohir Abdurahmonov — Zaid Iashash (Iordaniya)
Eslatib o‘tamiz, kecha mazkur musobaqa finaliga O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari — Farzona Fozilova, Feruza Kazakova, Sabina Boboqulova va Faryozbek Do‘smatov yo‘llanma olgan edi. Shuningdek, Navbahor Hamidova, Elyorbek Jo‘raboyev va Abdurahmon Rustamov o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA