Buddizm obidalari tur marshrutining 3D modeli yaratilmoqda
Boy tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan O‘zbekiston o‘zining noyob turistik salohiyati bilan ham mashhur. Turli davrlarga oid arxeologik yodgorliklari, ajdodlarimizning yuksak did va mahorati bilan barpo etilgan muqaddas maqbaralari, milliy qadriyatlari, go‘zal tabiat manzaralari-yu, shifobaxsh zilol suvlari, quyosh nuriga to‘yingan turli ziroatlari bilan sayyohlarni hamisha maftun etib kelgan.
Mamlakatimizning sayyohlik yo‘nalishida buddizm turizmi ham muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, so‘nggi yillarda jahon tajribasidan foydalanib, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish va sifatli mahsulotlarni yetkazib berishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi e’lon qilgan «Respublikamiz hududlaridagi buddizm obidalari tur marshrutlarining 3D modellarini yaratish» innovatsion loyiha granti yurtimizda buddizm turizmini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti amalga oshirayotgan mazkur innovatsion loyiha muddati ikki yillik bo‘lib, uning dastlabki bosqichida Toshkent-Farg‘ona-Toshkent-Samarqand-Termiz yo‘nalishi bo‘yicha qiziqarli turmarshrut ishlab chiqildi. Ushbu yo‘l xarita asosan madaniy meros ob’ektlari, muzeylar va buddizm konfessiyasini o‘z ichiga olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, buddizm dunyodagi uchta yirik dinlardan biridir. Bu jahonda buddizm ziyoratchilari yirikligiga yaqqol dalildir.
Mamlakatimizda esa budda dini va uning rivoji bilan bog‘liq ko‘plab arxeologik obidalar saqlanib qolgani va ulardan topilib, muzeylarda saqlanayotgan noyob osori-atiqalar buddizm turizmini yuksaltirish uchun qulay imkoniyat yaratgan. Masalan, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi Dalvarzintepa qadimgi shahar харобаси Kushon podsholigining dastlabki poytaxti bo‘lgan. Miloddan avvalgi 2 asr oxiri va 1 asrlarda hozirgi Dalvarzintepa o‘rnida kichik manzilgoh paydo bo‘lgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Miloddan avvalgi 1 asr oxiri va milodiy boshlarida Shimoliy Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd этилмаган. Bu arxeologik yodgorlik qalinligi o‘n metrgacha bo‘lgan qudratli mudofaa девори bilan o‘rab olingan shoh saroy qal’asi va shaharнинг o‘zidan iborat.
Termiz tumanidagi milodiy 1-3 asrlarga oid vixara tipidagi buddaviylik monastir-ibodatxonasi Fayoztepa, budda g‘or ibodatxonalar majmuasi Qoratepa, Muzrabot tumanidagi miloddan avvalgi 4 asr oxirida asos solingan Kampirtepa (Oks Aleksandriyasi) shahar xarobasi va mamlakatimizning boshqa hududlaridagi arxeologik yodgorliklar, muzeylarda saqlanayotgan noyob topilmalar qadimda budda dinining shakllanishi, dunyo bo‘ylab yoyilishi, o‘tmishda bu dinga e’tiqod qiluvchilarning turmush tarzi hamda madaniyatini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi.
Innovatsion loyiha asosida ishlab chiqilgan tur marshrutga Surxondaryo viloyatidagi buddizm arxeologik yodgorliklari, Termiz arxeologiya muzeyi bilan birga Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Buddizm konfessiyasi va ibodatxonasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi San’atshunoslik instituti qoshidagi muzey, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, Quva buddaviylik yodgorligi, Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi singari yigirmadan ortiq ob’ekt kiritildi. Shuningdek, har bir ob’ekt joyiga chiqib qayta o‘rganilib, fotosuratlari olindi.

Buddizm ob’ektlari bo‘yicha buklet, flayer, xarita nashrga tayyorlandi.
Loyihaning ikkinchi bosqichida buddizm obidalarining 3D tur marshrutlarini yaratish bo‘yicha yakuniy mahsulotni tayyorlash, monografiya nashr qilish, mazkur ob’ektlarni turistik aylanmaga kiritish bo‘yicha aniq ishlar olib borilmoqda.
Yangi O‘zbekistonda sayyohlik, xususan ziyorat va buddizm turizmini rivojlantirish uchun transport logistikasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ham ayni muddao bo‘lmoqda. Ilgari bu sohada yagona «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda raqobatbardosh yana bir “Qanot Sharq” aviakompaniyasi A320 aerobuslari orqali mahalliy va xorijlik sayyohlarga transport xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydi.
O‘tgan yilning may oyidan Toshkent-Farg‘ona-Termiz mahalliy ichki aviareyslarining yo‘lga qo‘yilgani esa O‘zbekistonning buddaviylik obidalariga 3D tur marshrutlari bo‘yicha sayohatlar tashkil etishga juda qulay sharoit yaratdi.
Innovatsion loyiha orqali amalga oshirilayotgan ishlar, tayyorlanayotgan sayyohlik mahsulotlari mamlakatimizning turistik jozibadorligini oshirib, nafaqat mahalliy balki, xorijlik sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Feruza Nazarova,
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti doktoranti,
Zebuniso Alimardonova,
Surxondaryo viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
O‘zA