Budapeshtda namoyishlar: odamlar nimadan norozi?
Vengriya poytaxtida hukumatning mehnat islohoti va siyosiy boshqaruviga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Vengriya poytaxtida hukumatning mehnat islohoti va siyosiy boshqaruviga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Yeuronews xabariga koʻra, mamlakat hukumati bir haftadan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlarini bartaraf etishga erisholmayapti. 16 dekabr kuni Budapeshtda boʻlib oʻtgan mitingda 15 mingga yaqin namoyishchi qatnashgan. Bu namoyishchilar soni kamayganidan dalolat beradi. 18 dekabr kungi mitingda ishtirok etgan namoyishchilarning soʻzlariga koʻra, bunday harakatlar hali davom etishi mumkin.
Vengriyadagi ushbu norozilik namoyishlari hukumatda qoʻshimcha ish vaqti hajmini yiliga 250 soatdan 400 soatgacha oshirish hamda qoʻshimcha ish vaqti uchun toʻlanadigan maoshni 3 yilgacha toʻxtatishga ruxsat beradigan qonun loyihasining muhokamasi boshlanganiga qarshi tashkil etildi.
Qonun tashabbuskorlari mamlakatda biznes faoliyat uchun toʻsiqlarni yumshatish zarurligini taʼkidlab, oʻz oʻrnida qonun talablari ishchilar uchun ish soatidan tashqari holatda mehnat faoliyatining majburiyligini anglatmasligini qayd etishgan. Ushbu islohotga qarshi tomon esa qonunni “qullik” deb atamoqda.
Hukumatga qarshi aksiyada namoyishchilar OAV, taʼlim, sud tizimida olib borilayotgan islohotlardan aholining noroziligini hamda davlat boshqaruvini oʻzgartirish zarurligi haqidagi chaqiriqlar bilan chiqmoqda.