Uch kun davomida Buxoro viloyati aholisi va mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan XXI an’anaviy “Ipak va ziravorlar” xalqaro festivalida 10 ga yaqin xorijiy davlatlardan 50 nafardan ortiq hamda respublika hududlaridan 200 nafardan ortiq mahalliy hunarmandlar ishtirok etdi.

Bayramning yopilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Marosim yakunida bayramona salyutlar otildi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, festival davomida jami yarim millionga yaqin sayyohlar ishtirok etdi. 

[gallery-23809]

– Oila a’zolarim bilan ilk bor bunday katta tadbirda qatnashdim. Taassurotlarim juda katta. O‘zimizni ertak ishtirokchilaridek his qildik. Menga mehmondo‘stligingiz yoqdi. Taomlar juda ham ajoyib. Bu xalqqa, bu yurtga hurmatim oshdi. Oilam bilan yana kelishni rejalashtirdik, – deydi turkiyalik Chem Iyibozkurt. 

Mazkur festival xalqaro sayyohlarni jalb qilish va ularni Buxoroning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va an’anaviy hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishtirishda muhim platforma bo‘ldi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yurtga hurmatim oshdi