O‘zbekiston – ijtimoiy davlat. Barcha qilinayotgan ishlar, islohotlar eng avvalo xalq manfaatlari, turmush farovonligini oshirish uchun amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021 yil boshlangan “Tashabbusli byudjet” jarayonlari bugungi kunga kelib tubdan o‘zgardi va shunday adolatli mexanizm shakllantirildiki bu orqali barcha hududlar aholisi endilikda undan bahramand bo‘lmoqda. E’tiborlisi, uning byudjeti yildan-yilga oshib boryapti va fuqarolarni uzoq yillar mobaynida qiynab kelgan ko‘plab masalalar tez fursatlarda hal etib berilmoqda.
Shu va “Tashabbusli byudjet”ning joriy yil ikkinchi mavsumda kiritilayotgan o‘zgarishlar, taklif qilinayotgan loyihalar va ovoz berish tartiblari xususida Iqtisodiyot va moliya vazirligi yetakchi mutaxassisi Ulug‘bek Choriyev bilan suhbatlashdik.
- Aytingchi bu yilgi “Tashabbusli byudjet”ga qanday yangiliklar kiritildi?
- Tashabbusli byudjet jarayonlarining 2025 yil 2 mavsumiga 15 iyul kunidan start berildi. 15 iyuldan 3 avgust kuniga qadar taklif berish bosiqichi bo‘ladi. 4 avgustdan 8 avgust kuniga qadar saralash bosqichi. Bunda tuman va shaharlarda tashkil qilingan ishchi guruhlardan kelib tushgan loyihalar saralashdan o‘tkaziladi. Ya’ni, nizom talablariga ko‘ra berilgan kriteriyalar mavjud va ushbu talablarga ko‘ra umumjamoaga tegishli ob’ektlar: ichki yo‘llarni ta’mirlash, oqova suv va gaz ta’minoti, ichimlik suvi, ijtimoiy soha inshootlarini ta’mirlash, moddiy texnik bazasini mustahkamlash, yo‘llar va shu kabilar saralab olinadi.
Bu yerda loyihalarni amalga oshirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshib ketmasligi lozim. Bu 1.5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Demak, har bir loyihaning maksimal qiymati 1.5 mlrd so‘m bo‘ladi.
Undan keyin targ‘ibot kunlari qo‘shilgan. 19-21 avgust kunlari saralash bosqichidan ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan loyihalar fuqarolar tomonidan ovoz berish uchun targ‘ib qilinadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5nF5G57fWv4" title="Bu yil “Tashabbusli budjet”da nima o‘zgardi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Yoqubjon Meliboyev, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA