Bu yil oʻqituvchilarning taʼtil pullari kamayib ketadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil oʻqituvchilarning taʼtil pullari kamayib ketishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda va muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil oʻqituvchilarning taʼtil pullari kamayib ketishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda va muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Xalq taʼlimi vazirligi mazkur axborotlarga aniqlik kiritdi.
"Xodimlarni yillik asosiy mehnat taʼtili uchun toʻlovlarni amalga oshirish uchun oʻrtacha ish haqini hisoblashda Direktor jamgʻarmasidan toʻlangan toʻlovlar inobatga olinmasligi xavotirga solmoqda.
Shu munosabat bilan hamda xalq taʼlimi tizimi xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash va taʼtil pullarini kamayib ketishini oldini olish maqsadida, tizimdagi taʼlim muassasalari xodimlarining mehnat taʼtili toʻlovlarida Direktor jamgʻarmasidan amalga oshirilgan toʻlovlarni ham inobatga olinishi boʻyicha koʻrsatma xati taqdim etildi.
Hurmatli Oʻqituvchilar yozgi mehnat taʼtilingiz maroqli oʻtsin", deyiladi xabarda.