O‘tgan yil bahorgi mavsumda shofirkonlik pillakorlar 252 tonna “kumush tola” xirmoni bunyod etishgandi. Joriy yilgi pillachilik mavsumi chekka tumanda ham uyushqoqlik bilan boshlandi. Mavsumda “kumush tola” xirmonini 270 tonnaga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada ayni bahorgi mavsumda tumandagi inkubatoriyalarida jami 4178 quti ipak qurtini jonlantirish ishlari olib borildi.

Ozuqa ta’minoti bazasini mustahkamlashga e’tibor qaratilgani holda mavsum oldidan hududda fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi 350 gektardan oshiq tutzor pillakor xo‘jaliklarga taqsimlab berildi. Tumanda ipakchilik mavsumining dastlabki bosqichi Jo‘ynav hududidagi inkubatoriyadan boshlanib, jarayonda ehtiyojmand oilalarga ipak qurtlarni tarqatish, ularni parvarishlash ishlari hamda kasanachilar uchun yaratilgan shart-sharoit kundalik nazoratga olingan. Hozirda Jo‘ynavda 278 quti ipak qurti asosida 17 tonnaga yetkazib xom ipak hosili yetishtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bunda hududdagi 164 nafar kasanachi xizmatidan foydalanilmoqda. 

Tumanning Savrak mahallasidagi pillani qabul qilish maskanida mirishkor pillakor, tabarruk 72 yoshida ham g‘ayrat-shijoat bilan 10 kishilik kasanachilarga boshchilik qilayotgan Ra’no Usmonova pillachilik an’analariga amal qilib 15 quti ipak qurti parvarishini o‘z zimmasiga olgan. 

Pillachilik tarmog‘ida ko‘p yillik tajribaga ega mehnatkash Ra’no Usmonova boshliq kasanachilar har yili pillachilikdan 60-70 million so‘mgacha daromadga erishib, o‘zlarining mehnatsevarligi va ish uslubi bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘lib kelmoqda. Aynan shunday mohir kasanachilar tufayli ipakchilik tarmog‘ida keyingi yillarda tajriba maktabi shakllanib, barakali hosil yetishtirilmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yil “kumush tola” xirmoni yuksaladi