Dunyoga tahdid solayotgan koronavirus pandemiyasi musulmon dunyosi uchun muborak sanalgan Haj va Umra safarlariga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon ISHMATBEKOV bilan suhbatimiz shu mavzu yuzasidan boʻldi.

– Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi, bu yilgi Haj mavsumini faqat Saudiya Arabistoni ichida boʻlib turgan fuqarolardan iborat ziyoratchilar uchun cheklangan miqdorda tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Shu haqda soʻz yuritsangiz?

– Maʼlumki, haj amali Islom arkonlaridan biri boʻlib, u maʼlum shartlarga ega boʻlgan moʻmin-musulmon kishi uchun umrida bir marta ado etishi farz boʻlgan ibodat. Qurʼoni karimda hajning farzligiga quyidagi oyat dalolat qiladi: “Yoʻlga qodir boʻlgan kishi zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish (farzi) bordir” (Oli Imron, 97).

Haj ibodati farz boʻlishining shartlari: musulmon boʻlish, balogʻat yoshida boʻlish, oqil boʻlish, tani sogʻ boʻlish, borib kelguncha yoʻl xarajatlari va oila ahlining ehtiyojlariga yetadigan nafaqa bilan taʼminlagan boʻlishi kerak. Shuningdek, yoʻlning ochiq, xavf-xatarsizligi ham hajning farz boʻlish shartlaridandir. Agar mazkur shartlardan birortasi topilmasa, u holda haj ibodatini ado etish insonning zimmasidan soqit boʻladi.

Islom shariati insonni ortiqcha mashaqqat, xavf-xatar, oʻzi va oʻzgalarni zarar yetkazishga buyurmaydi. Xususan, haj ibodati borasida ham yuqorida sanab oʻtilgan imkoniyatlarga ega boʻlmagan bandaning zimmasidan ushbu ibodat soqit boʻladi.

Qayd etish kerakki, 2020-yilda dunyoning barcha davlatlarida koronavirus kasalligi keng tarqaldi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, mazkur xastalik dunyoning 215 dan ortiq mamlakatida aniqlangan. Mazkur ofat koʻplab islom va arab davlatlari, xususan, haj amallari ado etiladigan Makkai mukarrama va Madinai munavvara shaharlarida ham tarqalgan.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda Saudiya Arabistonida keskin epidemiologik vaziyat saqlanib qolmoqda. Har kuni oʻrtacha 4000 ga yaqin virus bilan kasallanish, 35-40 ta oʻlim holati kuzatilmoqda.

Saudiya Arabistoni qiroli – Ikki Muqaddas Haram xizmatchisi qirol Salmon bin Abdulaziz ana shunday inson salomatligi uchun murakkab vaziyatni inobatga olib, “Haj – 2020” mavsumi uchun chet eldan ziyoratchilarni qabul qilmaslik haqidagi taklifni qoʻllab-quvvatladi hamda joriy yilning 22-iyun kuni mamlakat ichida boʻlib turgan cheklangan miqdordagi ziyoratchilar uchun ichki haj mavsumini tashkil etish boʻyicha barcha tegishli choralarni koʻrish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

– Saudiya Arabistoni hukumatining mazkur qaroriga qanday munosabatlar bildirildi?

– Saudiya hukumatining ushbu qarori Saudiya ulamolari Kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, Islom olami uyushmasi, Misrdagi Al-Azhar majmuasi hamda “Dorul ifto” fatvo hayʼati va boshqa koʻplab ilmiy markazlar tomonidan maʼqullandi.

Aslida ushbu qaror eʼlon qilinishidan biroz avval ham haj sohasida yirik kvotaga ega boʻlgan Indoneziya (230 ming kvota ajratilgan), Nigeriya (180 ming kvota), Hindiston (150 ming kvota) hamda Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoning baʼzi davlatlari oʻz ziyoratchilarining hayoti va sogʻligʻini himoya qilish maqsadida “Haj – 2020” mavsumini tashkil qilmaslik haqida qaror qabul qilgan edi.

Shuningdek, Malayziya va Singapur kabi davlatlar esa bekor qilish toʻgʻrisidagi oʻz qarorlarini fuqarolari sogʻligʻi uchun masʼul ekani, bugungi murakkab sharoitda ularni sogʻligʻini saqlash mushkul ekani, hajga boradiganlarning 80 foizi keksalar ekani, ular kasallikka chalinish ehtimoli yuqori boʻlgani bilan izohlangan edi.

Misr davlatidagi “Dorul ifto” fatvo hayʼati Saudiya hukumatining bu yilgi hajni cheklangan miqdordagi ziyoratchilar bilan amalga oshirilishi borasidagi qarorini shariatning hojilar hayotini muhofaza qilish borasidagi maqsad va hukmlariga toʻla mos ekanini eʼlon qildi.

Misr fatvo uyushmasi taʼkidlashicha, Saudiya Arabistonining koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida bu yil – hijriy 1441-yilgi haj ibodatini mamlakat ichkarisidagi fuqarolarga cheklangan miqdorda amalga oshirilishi borasidagi qarori Islom shariatining hojilar hayotini muhofaza qilish borasidagi maqsad va ahkomlariga toʻla muvofiq ekanligini taʼkidladi.

Fatvo hayʼatining taʼkidlashicha, hukumatning bunday qarori hozirgi kunda butun dunyo boshidan kechirayotgan koronavirus pandemiyasining tarqalishi eʼtiboridan oʻta zarur holda chiqarilgandir.

Bu toʻgʻrida Butunjahon ulamolar ittifoqining fatvosi ham bir muddat avvalroq eʼlon qilingan edi. Ittifoq bosh kotibi shayx Ali Qoradogʻiy eʼlon qilgan fatvoda: “Agar vabo tarqashi aniq yo shunga yaqin boʻlsa va soha mutaxassislari tiqilinch tufayli hojilar yoki ularning baʼzilariga vabo yuqadi, deyishadigan boʻlsa, bu holda haj yoki umrani, muammo hal boʻlgunicha muvaqqat man etish joizdir”, deyilgan.

Agar hoji hajga borayotgan joyida turli yuqumli kasalliklar tarqalgani yoki shunga oʻxshash hodisalar yuzaga kelishi aniq boʻlib qolsa, bu vaqtda: “Zararni bartaraf etish manfaatni jalb qilishdan muqaddamdir” – degan fiqhiy qoidaga qatʼiy amal qilishi lozim. Chunki hajda koʻpchilik hojilar manfaati ozchilik kishilarning manfaatidan ustun turadi.

Islom taʼlimoti koʻpchilikka zarar yetishi mumkin boʻlgan sharoitlarda yuqumli kasalligi bor kishilarning sogʻ odamlarga aralashuvini va oʻz navbatida sogʻ-salomat kishilarning bilvosita yoki bevosita yuqumli xastaligi mavjud kishilarga aralashuvini qatʼiy cheklaydi.

– Haj qisman bekor qilingan holatlar avval ham boʻlganmi?

– Oʻz navbatida aytish kerakki, tarixda moʻmin-musulmonlar uchun haj qilish turli sabablarga koʻra, xususan, yuqumli kasalliklar tufayli qisman yoki butunlay toʻxtatilgan davrlar boʻlgan. Ibn Kasirning “Al-Bidaya val-Nihaya” kitobida aytilishicha, milodiy 968-yilda Makka shahrida kasallik tarqalib, koʻplab ziyoratchilar hayotiga zomin boʻlgani sababli haj ibodati toʻxtatilgan.

Milodiy 1831-yilda Makka va Madina shaharlarida vabo tarqalib, juda ham koʻp hojilar halok boʻlishiga sabab boʻlgan. Oʻsha yili moʻmin-musulmonlar hajni toʻxtatib turishga majbur boʻlishgan. Oradan biroz vaqt oʻtib, 1837-yilda ikkinchi marta vabo qaytarilgandan keyin 3 yilga haj bekor boʻlgan. Yana bir necha yildan soʻng Makka shahrini vabo egallab olgandan keyin 1846-1850-yillarda 4 yil davomida haj qilish toʻxtatib turilgan.

– Bu yil haj safariga borish uchun navbatga yozilganlarning navbati saqlanadimi?

– Saudiya Arabistonidagi epidemik vaziyatning oʻta murakkabligi nuqtayi nazaridan xorij mamlakatlari fuqarolari, xususan, yurtimiz aholisi Islom dini manbalariga tayangan holda milodiy 2020-yil, hijriy 1441 sanadagi haj safarini chet elliklar uchun toʻxtatilishi haqidagi qarorni toʻgʻri qabul qildilar.

2020-yil 23-iyun kuni Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashining yigʻilishi qaroriga asosan joriy yilgi haj safariga borishni rejalashtirgan fuqarolarimizning navbati toʻliq saqlangan holda keyingi yilga oʻtkazildi.

Alloh taolo yurtimiz va butun dunyodan koronavirus kasalligini koʻtarsin, moʻmin-musulmonlarni muborak zaminga emin-ekrinlikda borishlari va haj ibodatini xotirjamlikda ado etishlarini nasib qilsin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yil haj safariga borish uchun navbatga yozilganlarning navbati saqlanadimi?