Vatan bunyod etiladi. Vatan barpo bo‘ladi. Vatan quriladi. Vatan ulug‘lanadi. Vatan himoya qilinadi. Vatan asraladi.

Vatanni ham yaratadigan, obod qiladigan, gullab-yashnatadigan Me’mori bo‘ladi. 

Me’mor Vatan farovonligi, go‘zalligi, tinchligi, taraqqiyoti, xalqaro nufuzi, obro‘yi uchun mas’ul, javobgarhisoblanadi. Bu vakolatni, ishonchni unga xalqi beradi.

Bu bir tomondan sharafli, ikkinchi tomondan mashaqqatli, murakkab vazifadir. Behudaga aytilmaydi: Vatan yukini, yuragida Vatani borlar ko‘taradi. 

O‘zbek xalqida o‘zi tug‘ilib o‘sgan tuproqda, kindik qoni to‘kilgan yerda Vatan qurish odati bor. Chuqur o‘ylab qarasang, mana shu kichkinagina oilang yashaydigan uyni, bir umr qurasan. Butun o‘y-fikring mana shu uyni tiklashga qaratiladi. 

Aslida mana shu uy, ostonaseni Vataning hisoblanadi. 

Ming afsuski butun boshli Vatanni qurish, uni yangilash, o‘zgartirish, avlodlarga munosib meros qoldirish qanchalik og‘ir mehnatligini, hammamiz ham anglab yetmaymiz. Uning zalvorini tasavvur qilolmaymiz. Fikr etolmaymiz. 

Vatanimiz siyosiy kaltabinlik, uzoqni ko‘ra olmaslik, o‘z qobig‘iga o‘ralib qolish oqibatida   mustaqillikning o‘tgan 25 yili davomida strategiyasini, maqsadini, yo‘nalishini bir necha marta o‘zgartirdi.

Faqat 2016 yilga kelib, aniq maqsad, mustahkam va o‘zgarmas strategiya, ma’lum bir yo‘nalishimizni tanlab oldik. Bu yo‘ldan qaytmasligimizni, chekinmasligimizni baralla e’lon qildik. 

Bugun Vatanimiz O‘zbekiston va  qo‘shni mamlakatlar o‘rtasida  yechilmay qolgan biror bir muammo yo‘q. O‘zbekiston dunyo hamjamiyati oldida ham o‘z burchi va majburiyatlarini chuqur his etadi. 

O‘zbekiston xalqaro maydonda ziddiyatlar yaratmaydi. Hech kimga tahdid solmaydi. Da’vo qilmaydi. Aksincha, ba’zi bir tarixiy ziddiyatlarni ham oradan ko‘tarish siyosatini yuritadi. 

Markaziy Osiyoda erishilgan bugungi tinchlik, barqarorlik, o‘zaro hamjihatlik, chegaralarning ochilishi, bir-biriga xalaqit bermaslik, aksincha yordam berish, qo‘llab-quvvatlash, tarixiy qadriyatlarni, an’analarni tiklash negizida,  Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi muhim o‘rin egallaydi. Bu nafaqat bizning fikrimiz, balki xalqaro ekspertlarning, institutlarning ham e’tirofidir. 

2025 yil, 26 yanvar, yakshanba kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov o‘zining feysbukdagi sahifasida shunday post qoldirdi: 

“Amirsoy”, O‘zbekiston.

Mamlakatimiz hududining 94 foizi tog‘lardan iborat. Yetti viloyatimizning har birida  tog‘ chang‘ili oromgohlar qurish mumkin edi. Lekin, bizda bunaqa maskanlar deyarli yo‘q. 

Chunki, biz mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, oddiy odamlardan tortib prezidentlargacha faqat siyosat bilan shug‘ullanganmiz. Har kuni miting yoki har kuni to‘y bo‘lgan. 

Bugun o‘ylab qarasam iqtisod, turizm va boshqa sohalarga mutlaqo e’tibor qaratmaganmiz. “Amirsoy” tog‘-chang‘i maskanini ko‘rganimda cheksiz hayratga tushdim.

Mening hamkasbim Shavkat Mirziyoyev bu hayratlanarli maskanni yo‘q joydan barpo etibdi. Gap bo‘lishi mumkin emas. Faqat yashang deya olaman. Qancha odam ish bilan ta’minlangan. Millionlab odamlar bu yerga dam olgani kelishadi. Xizmat ko‘rsatish madaniyati hech ham Yevropa darajasidan qolishmaydi.

Eng yuksak darajada…”

Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining bu samimiy tilaklari, do‘stona fikrlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tarixiy xizmatlariga berilgan yuqori bahodir. Mazkur e’tirof  meni juda to‘lqinlantirib yubordi. Vatanimdan, Prezidentimdan faxrlandim.

Biz O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga ko‘nikib qoldik. Hatto, tabiiy qabul qiladigan bo‘ldik. Bundanda yaxshiroq sharoitlarni orzu qila boshladik. O‘tmish mashaqqatlarini juda tez unutdik. Nazarimda ba’zi birovlarda shukr kamayiganday. O‘rnini noshukrlik egallaganday...

Qo‘shni davlat rahbarining cheksiz hayratida ozgina armon, afsus-nadomat ham bor. Uning fikrlarini o‘qish davomida o‘zimga bir qator xulosalar chiqardim. To‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizga bo‘lgan ishonchim yanada mustahkamlandi. Arzon-garov ur-yiqitlar, o‘zaro ahillikni yo‘qotilishi qimmatga tushishini yana bir bor angladim.

Qadriga yetish kerak. Bunday Vatanni, Vatan me’morini. 

Kun davomida ko‘nglim ko‘tarilib, ruhim tetiklashib, butun vujudimni, g‘urur, quvonch va shodlik, hayotdan rozilik egallab oldi.

Vatan qurish oson emas. Yo‘qdan bor qilish undan ham qiyin. Biz ham bunyodkorlarga tasannolar aytishimiz, yashang deyishimiz kerak. 

Jahon va Yevropa standartlariga mos holda qurishni ham o‘zi bo‘lmaydi, albatta. 

Qiyinchiliklar haqqi hurmati, Vatan uchun bir dona g‘isht qo‘ymasangiz, bir dona ko‘chat ekmasangiz ham mayli… Faqat, Vatanni sha’nini saqlang. Vatan barpo etayotganlarni  Vatanga bo‘lgan muhabbatiga xiyonat qilmang. 

Amirsoy - bu dengizdan bir tomchi. 2016 yildan shu bugungacha barpo etilgan gigant zavod va fabrikalar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llar, ko‘priklar, sport inshootlari, temir yo‘llar, ta’lim dargohlari, butun boshli shaharlar... sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. 

Yuqorida aytdim. Bizni ko‘zimiz o‘rganib qoldi. Tashqaridan kelgan nufuzli mehmonning, davlat va siyosat arbobining so‘zlarini har birini mag‘zini chaqishimiz, o‘zimizga xulosa chiqarib olishimiz kerak, deb hisoblayman.

Bugun kechagi his-hayajonlarim bosilmasdan turib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining feysbukdagi sahifasida e’lon qilgan mana bu xushxabar meni juda quvontirdi:

Men O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonidagi hozirgi holat haqida qisqacha ma’lumot bermoqchiman. 2024 yilda mamlakatimiz ushbu yo‘nalishda katta qadam tashladi.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan qat’iy iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshdi. Xususan, o‘tgan yili JST Ishchi guruhi ikkita muhim yig‘ilish o‘tkazdi. Bu bizga a’zolikning asosiy hujjati – Ishchi guruh Hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi. Shuningdek, AQSH, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada O‘zbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor.

Qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi.

Tez orada Tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun joriy yilda ham biz shu sur’atda davom etamiz. Bu mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda o‘zbek biznesining mintaqaviy va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini ta’minlashi lozim.

JSTga a’zolik va davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadi, shubhasiz, xalqimiz farovonligini ta’minlash, unga munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z oldiga qanday ulug‘vor maqsadlarni qo‘yganligini anglayapmizmi? Mamlakatimiz qaysi yo‘ldan ketayotganligini tushunyapmizmi? Bularni tahlil qilib, xalqimizga yetkazish kerak emasmi? 

Nima uchun, mustaqil bo‘lganiga salkam 35 yil bo‘lgan mamlakatimiz jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lmagan?

To‘g‘risini tan olib aytadigan bo‘lsak, 2016 yilgacha xalqaro tashkilot va institutlarning eshigi O‘zbekiston uchun yopiq edi. 

Bunday tashkilotlar bilan olib borilgan muzokaralar, boshi berk ko‘chaga kirib qolgandi. Xalqaro tashkilotlarni qo‘ying. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ham hammadan ajralib, yakkalanib qolgandi.  O‘zining yaqin qardoshlari tili bir, dini bir, qondoshlari bilan ham kelisha olmaydigan mamlakatga xalqaro hamjamiyat ham shubha bilan qarardi, ishonmasdi. Buning oqibatida biz muammolar girdobida qolib ketgan edik. 

Bugun esa, Vatanimiz qaddini tiklagan. Yo‘lini topib olgan tarixiy davrda yashayapmiz. 

Ming afsuski, bunday kunlarimizni ko‘rolmaydiganlar, nafaqat tashqarida, balki ichimizda ham bor. Ulardan ehtiyot bo‘lishimiz, qutqusiga uchmasligimiz, aldanib qolmasligimiz to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligimiz juda-juda muhim. 

Ikki kun ichida o‘qiganim ikkita xushxabar, menga xuddi qanot bag‘ishlaganday bo‘ldi.

Men maqolamga sarlavha sifatida O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovning o‘lmas satrlarini behuda tanlamadim. Bu tuyg‘ular bugungi kunlarimizga qanchalar hamohang... 

Prezident Shavkat Mirziyoyev butunlay yangi Vatan qurmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etmoqda. 

Bu Vatan tom ma’noda bizni qanday xalq ekanligimizni ifodalaydi, ko‘rsatadi, butun dunyoga namoyish qiladi.  

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, 

Oliy Majlis Senati a’zosi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bu vatanda bir Vatan, qurmoqni istaydir ko‘ngil…”