Bu qor emas, bulduruq hodisasi
Ko‘pchilik, qish kunlari o‘ta qalin tuman tushishi va sovuq harorat ortidan, daraxt va simyog‘ochlar oppoq qor burkanganiga guvoh bo‘lmoqda.
Guyoki, tuni bilan hammayoqda qor yog‘ib chiqqanday. Aslida tabiatning bu hodisasi qor emas, bulduruq (izmoros) hodisasi deyiladi.
Bulduruq hodisasi ko‘rinuvchanlikning 50 metrdan pastlashi hamda havo haroratining 0 darajadan past kuzatilgan davrda havo tarkibida o‘ta to‘yingan suv bug‘ining kristalizatsiyalashi tufayli daraxt shoxlari va simyog‘ochlarga yopishib qolishida yuzaga keladigan jarayonga aytiladi.