Toʻrt shogirddan toʻrt ustoz haqida xotira

Ustoz haqida har bir insonning alohida xotiralari bor. Kishi kamolotida fidoyi va mehnatsevar bu zotlarning xizmatlari beqiyos. U xoh katta amaldor boʻlsin, xoh oddiy inson. Quyida keltirilgan fikrlarda ham shogirdlarning Ustozlar haqidagi samimiy xotiralari bayon qilingan boʻlib unda vazir, mashhur akademik, katta shoir, jurnalist, ilmli oʻqituvchi boʻlib emas oddiy shogird sifatida aytilgan samimiy xotiralari, fikrlari aks etgan.

Men sevib oʻqigan maqolalar muallifi keyinchalik ustozim boʻlishini xayol ham qilmasdim...

photo5230992252535417764.jpgIbrohim Abdurahmonov – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, genetik olim, Butunjahon Fanlar akademiyasi aʼzosi, akademik:

– 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni. Bu kun biz uchun oilaviy bayram, negaki oʻqituvchi oilasida ulgʻayganmiz. Otam, opam, singlim maktablarda oʻqituvchilik kasbi bilan mashgʻul, oilamizning boshqa aʼzolari oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritamiz.

Ustozlar kuni arafasida taqdir meni Ustozim bilan qanday tanishtirgani va bu tasodif boʻlmaganini esladim. Albatta, meni biologiya faniga yetaklab, dastlabki bilim bergan ustozim otam – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi Yoʻlchiboy Abdurahmonov boʻlsalar-da, katta ilm yoʻlida taqdir meni rosa siyladi, men akademik Abdusattor Abdukarimov ilmiy maktablarida ulgʻaydim, ustozdagi vatanparvarlik, yurtga sadoqat, halollik, ilmga intiluvchanlik, shijoat va sabr-toqatni oʻrganishga harakat qildim.

U paytlari oʻzini ziyoliman degan odam uyida kitob yigʻish barobarida qator gazeta-jurnallarga obuna boʻlardi. Men dadam oladigan “Fan va turmush” jurnalini sevib oʻqirdim. Aynan shu jurnaldan biologiyaga doir yangiliklarni bilardik, xususan gen injeneriyasi toʻgʻrisidagi maqolalar bilan ham ilk bor shu nashr orqali tanishgandik. Gen injeneriyasi haqidagi maqolalar muallifi akademik Abdusattor Abdukarimov keyinchalik mening ustozim boʻlishini, albatta, xayol ham qilmasdim...

Men sakkizinchi, opam oʻninchi sinfda oʻqib yurgan kezlarimiz ikkimiz ham biologiya boʻyicha tuman olimpiadasidan oʻtib, viloyat olimpiadasiga yoʻllanma oldik. U paytlari fan olimpiadalarda tanish-bilishchilik avj olgan, bilim bilangina biror natija koʻrsatishga hech kim ishonmasdi. Ammo oʻsha yili biologiya boʻyicha respublika olimpiadasi raisi Abdusattor Abdukarimov (keyin bilsam yangi tayinlangan ekanlar) tanlovning haqqoniyligini taʼminlash maqsadida komissiya qoʻlidan oʻtgan savollarni emas, balki faqat oʻzlari biladigan yangi savollarni barcha viloyatlarga imtihon kunini ertalab tarqatgan ekanlar. Shu tufayli avvaldan tayyorlangan oʻquvchilar emas, opam ikkimiz viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritdik. Bu ancha katta yutuq edi va biz atrofdagilarni “bular respublika olimpiadasida viloyat jamoasini” natijasini taʼminlab bera olmaydi, degan norozi kayfiyatlariga qaramasdan respublika olimpiadasiga yoʻl oldik.

1990-yil, Samarqand. Biologiya boʻyicha respublika olimpiadasi. Olimpiada raisi imtihonlar oʻtkazilayotgan hovlidagi ishtirokchilarni koʻrgazmalarini koʻrib, aylanib yurarkan, norozi boʻlib yigʻlayotgan qizga eʼtibori tushadi. Bu mening opam. Oldida men ham xafa boʻlib turibman. Opam koʻz yoshini toʻxtatolmasligining sababi – komissiya aʼzolari qoʻygan “nomunosib” baho. Shunda domla soʻroqqa tutdi, opam gen injeneriyasi haqidagi referati taqdimotidan keyin berilgan savolga toʻgʻri javob berganini, ammo unga nohaqlik qilishganini hiqillab soʻzlab berib, oʻzi tayyorlab kelgan referatni koʻrsatdi. Domla maktab dasturida keng yoritilmagan mavzuni biladigan qizga yana savollar berdilar-u, ne ajabki opamning bahosi “besh”ga aylandi. Men ham “besh” oldim. Oʻsha yili opamga ham, menga ham respublika olimpiadasida 3-oʻrin berishdi. Ana endi hayajonni koʻravering. Opam bitiruvchi sinf boʻlgani uchun universitetga imtihonsiz qabul qilindi.

photo5230992252535417766.jpg

Bu muvaffaqiyat meni ilhomlantirdi. Buning ustiga ustozga nisbatan kuchli mehr uygʻondi. U kishining qarashlari, gapirish ohangi, maqtovlari, masalaga oʻta jiddiy va halollik bilan yondashuvlari... Xullas endi ustozning siymosi koʻz oldimdan ketmas, dunyoda haqiqat borligiga ishonchim paydo boʻlgan, chekka qishloqdagi bolalar ham katta marralarga erishishi mumkinligi koʻnglimni yoritgandi. Endi oldimga maqsad qoʻydim: keyingi yil uchinchi emas, birinchi oʻrin olaman! Shunday boʻldi ham. Keyingi yil respublika bosqichida birinchi oʻrinni olib, Chelyabinskda oʻtkazilgan Butunittifoq olimpiadasida ham ishtirok etib qaytdim. Ancha bilim toʻpladim, oʻzimga ishonchim oshdi.

Oʻn birinchi sinfimda avvalgi yildagi respublika olimpiadasi gʻolibi sifatida tuman va viloyat bosqichlaridan oʻtmasdan respublika olimpiadasiga imtihon topshirgani Qashqadaryoga bordim. Ana shu joyda tomoshaning kattasi boshlandi-ku! Taomilga koʻra barcha olimpiadaga kelgan oʻquvchilarning guvohnomasiga rais imzo chekishi kerak ekan. Taqdir hazilimi yoki atrofdagilarniki bilmadim, shuncha ishtirokchini ichida bitta mening guvohnomamga imzo qoʻyilmasdan qolgan ekan, buni sezmabman. Yozma imtihondan oʻtdim. Ogʻzaki imtihonga kelganda domla imtihonni oʻzlari oldilar. Savolga javob berish uchun chaqirdilar, hujjatimni uzatgandim, birdan domlaning kayfiyatlari tushib ketdi – axir, hujjatda imzolari yoʻq-da! Nohaqlikka chidamaydigan domla “Kimning oʻrniga kirding? Nechanchi kurs talabasisan?” deb qattiq soʻroqqa tutdilar. Oʻzimni oqlash kor qilmadi, imtihondan chiqarib yuborishdi...

Birovning oʻrniga birov kirib imtihonga topshirganlarga qarshi ashaddiy kurashuvchi Ustozning sharofati bilan darrov hamma natijalarim bekor qilindi. Ammo men ham qaysarlikda ustozdan qolishmadim — imtihon boʻlayotgan xonaning eshigini tagiga oʻtirvoldim. Imtihonlar tugab, barcha oʻquvchilar chiqib ketsa ham ketmayman, qorongʻi tushsa ham joyimdan qimirlamayman. Ketavermaganimdan keyin ustoz domlalardan birini oʻtgan yilgi va bu yilgi olimpiada hujjatlarini olib kelishga joʻnatdilar. Mehmonxona uzoq ekanmi, anchadan keyin hujjatlar ham yetib keldi. Xayriyat, hujjatlarda borman!

Shubhaga oʻrin qolmaganidan soʻng Abdusattor Abduhakimovning oʻzlari meni savol-javob qilib, “aʼlo” baho qoʻydilar, birinchi oʻrinni oldim va Toshkentga borganingda, albatta, menga uchrash, deb tayinladilar.

Toʻgʻrisi, domlaga bergan vaʼdam tufayli koʻpchilik istagandek tibbiyot oliygohiga emas, biologiya fakultetiga kirib oʻqidim. Birinchi kursdayoq domlani oldilariga bordim va ularning laboratoriyalarida laborant boʻlib ishlay boshladim. Keyinchalik domlam xorijda oʻqishga kirishimda ham, u yerga ketishimda ham xayrixohlik koʻrsatib, qoʻllab-quvvatladilar. Amerikada qolib ketmasligim kerakligini, yurtga, albatta, qaytib kelib, u yerda olgan bilimlarim bilan vatanimiz uchun xizmat qilishim kerakligini qulogʻimga quydilar. U kishi bilim berish, tajriba orttirishim uchun sharoitlar yaratib berishdan tashqari, qiynalgan paytlarim moliyaviy jihatdan ham yordam berardilar. Tushkunlikka tushgan paytlarim koʻnglimni koʻtarib, yanada koʻproq ishlashga, shijoatli boʻlishga undardilar.

Darvoqe, mening Ustozim ham juda katta olimlar — akademiklar Yuriy Ovchinnikov, Obid Sodiqov, Yolqin Toʻraqulovning shogirdi boʻlgan. Men esa fanda birinchi marta tirioyed gormonlar retseptor oqsilini topgan va Oʻzbekistonda genlar injenerligi sohasining asoschisi Abdusattor Abdukarimovning eng kenja shogirdi ekanimdan hamon faxrlanaman. Ustozim bosib oʻtgan yoʻl, ularning ilm-fani yoʻlidagi mashaqqatli mehnatlari haqida gapirsak, aslida, katta kitob boʻladi...

Bugun bayram. Ustozlarning va ustoz koʻrgan har bir insonning bayrami. Buyuk ustozlarga shogird boʻlish baxtini tuyganlarning bayrami! Ustozlarimiz omon boʻlishsin!

Afsonalar oʻlmaydi

photo5229100766118128971.jpgAlisher NAZAR – shoir:

Adabiyotimiz afsonasi Abdulla Oripov umrining soʻnggi yillarini butunlay sheʼriyatga bagʻishladi. Shoirning suhbatlari ertadan-kechgacha faqat sheʼr haqida, adabiyot haqida boʻlib qolgandi. Bu hol chinakam isteʼdodning tinib qolmasligiga, haqiqiy shoir qalbining qarimasligiga dalolatdir. Goʻyo shoirning isteʼdodi billurlangan, qaymoq tortgandek edi. U istasa, “koʻzi tushgan” joydan hikmat topa olardi.

Odatiy kunlarning biri edi. Abdulla akaning telefoni jiringladi. Salom-alikdan soʻng, narigi tomonni biroz tinglab turdi-da, birdan kayfiyati oʻzgardi. “Endi mening ahvolimni bilasiz-ku, buyogʻi kasalchilik, borolmasam xafa boʻlmaysiz”, – dedi. Goʻshakni qoʻygach, “kimligini bildingmi?” – dedi kulimsirab.

– Kim ekan? – dedim.

– Oʻtgan hafta oshini yeb kelgandik-ku!

– Haa, nima deyapti? Yana oshga taklif qilyaptimi?

– Yoʻq, oʻsha kungi ziyofatining haqqini soʻrayapti, – dedi Abdulla aka kulib, – ertaga bir joyda tadbiri bor ekan, oʻsha davrani men bilan bezamoqchi...

Shu suhbatdan biror soat oʻtib-oʻtmay, Abdulla aka telefon qildi:

– Bittagina “toʻrtlik” tugʻildi, eshitib koʻr-chi! – dedi xursand boʻlib. (Yangi sheʼr yozganida Abdulla Oripov yosh boladay quvonib ketardi)

Mana oʻsha “toʻrtlik”:

Men qaysi domlaga ergashay, hayhot,

Ishonchim toptasa tamagir hayot.

Duo qilganman deb bir yil muqaddam,

Haqin soʻrab keldi bugun oʻsha zot.

Shoir oddiygina bir taklif soyasidan ana shunday katta bir hikmat topib chiqdi. Abdulla akaning shunga oʻxshash sabablarga koʻra yozilgan yuzlab sheʼrlari – hikmatlari bor.

Eng soʻnggi kitobi “Everest va ummon”da “Oila yangiliklari” nomli bir sheʼrni oʻqigansiz. Bir qaraganda, sheʼrning ruhiyasida yumoristik kayfiyat bordek tuyuladi. Aslida esa sheʼr ichida juda katta ogʻriq, iztirob bor.

Gap shundaki, bir universitetning bitiruvchi talabasi Abdulla Oripov huzuriga kelib, zamonaviy oʻzbek sheʼriyat haqida diplom ishi yozganini, shuni bir tahrir qilib berishini soʻrabdi.

– Buni soʻrash jinoyat emas, lekin bizning umumiy saviyamiz shunchalik gʻaribki... – deydi Abdulla aka kuyinib, – maqsadlarimiz va maslaklarimiz ham oʻzimiz singari kichkina... Agar buyuk meʼmorni koʻrsak, bizga yuksak minora qurib ber demaymiz, oʻchoq-tandir soʻraymiz...

– Ana, bitta sheʼrga “pundament” tashladingiz, – dedik Abdulla akaning gapidan zavqlanib... Lekin adashmagandik. Kechqurun ana shu “Oila yangiliklari”ni oʻqidik.

Bola oʻqib qaytdi xorijdan bir kun,

Kasbi kor orttirdi – diplomli meʼmor!

Uyda bayram boʻldi momosi uchun:

– Bolam, tandir qurgin, oʻtirma bekor.

Bittasi injener boʻlib qaytdi-ku,

Temir-tersaklarga bagʻishlarmish jon.

Togʻa oʻgʻil bola gapni aytdi-ku:

– Eski aravam bor, tuzat, jiyanjon.

Katta doʻxtir boʻldi kenjatoyi ham,

Bobo der: – Gʻururga endi toʻlaylik.

Biroz xashakidir dardimiz, bolam,

Senga munosibroq kasal boʻlaylik.

Abdulla Oripov shaxsiyati ham sheʼriyati qadar murakkab va teran edi. Bu katta shaxsiyatning kimligini – mohiyatini anglash uchun uning poetik olamiga kirib yashash lozim boʻladi. Shoirning oʻzi iqror boʻladi-ku:

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,

Bir qarasam, butkul olam menga torday.

Xuddi shunday, bu oʻzining ruhiy harakteristkasi. Nazarimda, Abdulla aka nihoyatda ingichka tuygʻular bosimi ostida yashardi. Shuning uchun ham tabiati nihoyatda nozik edi. Bunday inja, nozik tabiatni anglash, uning injiqliklarini tushunish uchun ham kishi ancha baland boʻlishi kerak. Shuning uchun ham Abdulla Oripov fenomeni juda murakkab adabiy hodisadir. Bu ijod, bu shaxsiyat uncha-muncha oʻlchovlarga boʻy bermaydi.

Abdulla Oripovning oʻzi oldindan bashorat qilganiday bugun nihoyatda yaqin boʻlgan shogirdlari juda koʻp. Adabiy davralarda Ustozim, deb koʻkrak keradilar. Lekin... Abdulla Oripovdek dahoni ustoz deyish uchun, avvalo, “shunga maʼnaviy haqqim bormi?” degan savolga javob berishi lozim. Zero, ulugʻlarning otiga mingashish uchun unga munosib boʻlmoq kerak.

Uyda oʻtilgan dars

photo5230992252535417767.jpgFarhod UMAROV – jurnalist:

Tilshunoslikda sinonomiya degan tushuncha bor. Qisqacha mazmuni maʼno jihatdan oʻxshash soʻzlarning umumiy nomi. “Chiroyli”ning oʻrniga “goʻzal”ni, “boy”ning oʻrniga “badavlat”ni qoʻllash mumkin. Lekin bir soʻz bor, sinonimini bilmayman, taʼriflashga qiynalaman: “USTOZ”. Anglolganim shu: Hamma oʻqituvchini, murabbiyni ham ustoz demaymizku! Ustoz – bu har qanday kayfiyatingda, har qanday kuningda eng yaqin inson. Ota-onangdan javobini topolmagan savollaring javobi unda, jigarlaringga aytolmaganlaringga sirdosh, xatolaringni eng birinchi sezadigan, yurakka tegmaydigan qilib tushuntiradigan, toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan Inson u.

Men uchun USTOZ soʻzining sinonimi Omonulla Madayev. Ular bilan oxirgi suhbatimizni koʻp eslayman. Ularni televideniyega chaqirib montajda koʻp soʻzlari qisqartirilib, jumlalar kesib efirga berilgan, Ustozning baʼzi gap-soʻzlari tushunarsiz qolgan, eng muhimi faqat Ustozgagina xos keskin fikrlar olib tashlangan paytlar edi. Hamkasbim bilan qoʻngʻiroq qilganimizda intervyu bermayman, hech qayerga chiqmayapman, lekin sizlar oʻzimning shogirdlarimsizlar, uyga kelinglar, suhbatlashamiz dedilar. Bordik, ustozning erka shogirdlarimiz – qaysarlik qilib diktafonni yoqib qoʻydik. Yozaver, baribir bu fikrlarni hech qayerda chiqarolmaysan, deya kuldilar. Shu asnoda suhbat aylanib Ustoz uchun eng ogʻriqli mavzu – oʻzbek tilining qadri masalasiga taqaldi. Hali biz eshitmagan koʻp voqealarni gapirib berdi. Bosh maydondagi chiqishlar, shaxtadagi ish tashlash, ziyolilarning jonbozligi va Shaxslar fojiasi. Kasallik sabab yoʻtalib turgan ustoz bu payt yoʻtalishdan toʻxtagan, ovozlari yanada zalvorli, vajohatli edi. Xuddi auditoriyadagi kabi jiddiy qiyofada soʻzlardi.

photo5230992252535417768.jpg

Ketishga chogʻlandik. Ustoz urishib dasturxondagi konfetlardan choʻntagimizga solib qoʻydi (Ustozning mana shunday yaxshi odati bor edi). Qaytar ekanmiz hamkasbim bilan uzoq yayov yurdik, yonma-yonmizu, gapirolmaymiz. Eshitganlarimizni hazm qilishga qiynalardik xolos.

Bu suhbatni albatta chop etaman va keyingi safar olib kelaman, deb maqsad qildim. Ammo Ustoz ogohlantirganday bu suhbatdagi fikrlarni hech qayer bosmadi. Tahririyat qisqartirishlaridan soʻng esa oʻzim rad etdim. Bu orada Ustoz vafot etdi. Qoʻlyozmalar oʻz holida qoldi. Baʼzan diktafonni yoqib shu suhbatni eshitib turaman. Ustoz xuddi yonimda gapirayotgandek, oʻzimni darsdagidek his qilaman. Ustoz doim uqtiradigan tilning qadri, soʻzning masʼuliyati, fikr erkinligi mudom dolzarb.

Men uchun ustozlar faqat ilm sirlariga bilimdon boʻlibgina qolmay, hayotiy tamoyillarni ham oʻrgatuvchi boʻlishlari kerak

Namoz Rasulov – ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

Maktab davrlarimizda koʻplab ustozlar koʻmagida saboq oldik, savod chiqardik. Ustozlarimni eslarkanman menga ilm oʻrgatgan emas, hayotga tayyorlagan murabbiylarimga sadoqatim cheksiz.

Ulardan biri Qiziltepa tumanidagi 25-maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Safarova Dilrabo ustozimiz boʻladi. Bu kishi bizga qisqa muddat sinf rahbari boʻlgan. Ungacha esa har chorakda deyarli bitta ustoz sinf rahbari boʻlib, keyin oʻrnini boshqa qattiqqoʻlrogʻiga boʻshatib berardi. Sinfda yigirma besh yigit, oʻn uch qiz oʻqigan. Yigitlarni boshqarish haqiqatda azob edi. Qattiqqoʻllik bir naf bermagan, bizga sinf rahbari boʻlmagan ustoz qolmagandan keyin navbat Safarova ustozimizga ham yetib kelgan. U kishi haqida vetnam xalqining “Yumshoq arqon qattiq bogʻlaydi“ maqolini qoʻllayman. Ustozimiz oʻquvchilarga “falonchi yigitimiz“, “falonchi qizimiz“ deb juda past tovushda sokinlik bilan murojaat qilardi. Axir biz ustozlarning yer tepishiga, boʻyin tomirlarining boʻrtib chiqqan holatda baqirishlariga, kaltak olib kirib savalashlariga oʻrganib qolgan edik. Bu yoqimli muomala esa zaharli ilonni shakar ustida oʻldirishdan boshqa narsa emas edi. Ustozimiz bizni ilmli qilolmagan boʻlishi mumkin, lekin ilm olishga doim daʼvat qildi. Chunki avvalgi ustozlar irodamizni bukib boʻlgan, xotiramizni susaytirib oʻldirgan edi.

Unda bu ustoz bizga nima berdi? Eng avvalo, oʻzaro ichki hurmatni shakllantirdi. Muhabbat urugʻini yuragimizga ekdi. Muhabbatga jiddiy tuygʻu deb qarashni oʻrgatdi. Gʻurur va matonatni targʻib qildi. Yigitlarga uy sohibi, qizlarga oilaning guli ekanligini uqtirdi. Hayotda menga doim yoʼldosh boʻlgan narsa tozalikka rioya va ifloslikdan jirkanishni, tengsiz fahm-farosatni faqat shu ustozimizgina oʻrgata oldi.

Negadir domla qizlarni emas, yigitlarni tozalikka qattiq jalb qilardi. Buni “Yigitlar tozalikka eʼtiborli boʻlsa, ayollari oilada tozalikni eng oliy oʻringa qoʻyadi“, - deb izohlardilar. Shular sabab men har ishni toza bajaruvchi, oʻziga eʼtiborli, kiyinishda yuksak didli odamlarni oʻzgacha hurmat qilaman.

Bugun oʻzim ham ustozman. Oʻquvchilarimga fan sirlarini oʻrgatishdan avval tozalik va ozodalik, saranjom-sarishtalik haqida tinimsiz soʻzlayman.

Ana shu oʻttiz sakkiz yigit-qiz bugun bu qoidalarga amal qilar yoki qilmas. Ammo men bularni hech qachon ijobatsiz qoldirgan emasman.

Ustozlar men uchun faqat ilm sirlariga bilimdon boʻlibgina qolmay, hayotiy tamoyillarni ham oʻrgatuvchi boʻlishlari kerak. Men ustoz deganda koʻz oldimga faqat Safarova ustozim kabi bolalarni imtihonga emas, hayotga tayyorlovchi kasb fidoyilarni keltiraman.

Barcha ustozlarimga cheksiz hurmatda boʻlib, kasb bayramlari bilan dildan tabriklayman.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu kun ustozlar va ustoz koʻrgan har bir insonning bayrami
Жамият
20:50 / 30:09:2019